Yuta
Yuta — AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydon 219,9 ming km². Aholisi 2,31 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Solt Leyk Siti (Salt Lake City) shahri. AQSh ittifogʻiga 4-yanvar 1896-yilda kirgan. Hududining katta qismini togʻ tizmalari (eng baland joyi 4123 m) va chuqur daralar bilan kesilgan choʻl landshaftli yassitogʻlik egallaydi. Sharqda Qoyali togʻlarga tutashib ketgan. Yanvarning oʻrtacha harorati -2° dan -4° gacha, iyulniki 17-20°. Yillik yogʻin 250-400 mm. Asosiy daryosi — Kolorado. Koʻl koʻp; eng yirigi — Katta Shoʻr koʻl. Aholi, asosan, vohalarda yashaydi. Xoʻjaligida konchilik va qishloq xoʻjaligi yetakchi. Yuta mahsulotlarining 75%ni chorvachilik beradi. Sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis, polimetallar, oltin, temir va uran rudalari qazib olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: rangli va qora metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat, radioelektronika sanoati korxonalari mavjud. Raketa, qishloq xoʻjaligi jihozlari ishlab chiqariladi.[1]
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: Asalari qutisi shtati | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Salt Lake City | ||||
Eng yirik shaharlar | Salt Lake City West Valley City Provo | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 13-oʻrinda 219,887 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 34-oʻrinda 2,469,585 | ||||
YIM |
AQSh: 33-oʻrinda $82,611 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
45-boʻlib 4 yanvar 1896 | ||||
Vaqt | UTC-7 (MST) / -5 (EST) | ||||
Qisqartma | UT [49] | ||||
Shtat guli | Sego lily | ||||
Shtat daraxti | Blue Spruce |
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |