Konstantin Aleksandrovich Bakanov (1954-yil 25-may, Toshkent – 1979-yil 11-avgust, Dneprodzerjinsk) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi, yarimhimoyachi pozitsiyalarida oʻynagan[1].

Konstantin Bakanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Konstantin Aleksandrovich Bakanov
Tavallud sanasi 25-may 1954-yil
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 11-avgust 1979-yil(1979-08-11)
(25 yoshda)
Vafot joyi Dneprodzerjinsk, Dnepropetrovsk viloyati
Ampluasi himoyachi, Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1971—1974 Sovet Ittifoqi Paxtakor 2 (0)
1974 Sovet Ittifoqi Andijanets 8 (0)
1975 Sovet Ittifoqi SKIF Toshkent - (-)
1975—1979 Sovet Ittifoqi Paxtakor 114 (24)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Toshkentda futbol toʻgaragida futbol oʻynay boshlagan. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin uni Moskvaga yuborishdi va YFM (Yoshlar futbol maktabi)da ikki yil tahsil oldi. Birinchi murabbiyi Akmal Azizxoʻjayev hisoblanadi. Moskvaning „Dinamo“ futbol maktabiga borishdan bosh tortgan va 1971-yilda "Paxtakor"ning dubliga erishgan. 1972-yilda u birinchi ligada ikkita oʻyin oʻtkazgan, ammo jiddiy jarohat olgan va 1973—1975-yillarda oliy ligada oʻynamagan. 1976—1977-yillarda birinchi ligada 72 ta oʻyinda 17 ta gol urgan. 1978—1979-yillarda Oliy ligada 42 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan. AMSK (Armiya markaziy sport klubi) tomonidan taklif qilingan.

1979-yil 11-avgustda Dneprodzerjinsk osmonida samolyot halokatida „Paxtakor“ klubining boshqa aʼzolari bilan birga vafot etgan.

Ukasi Boris ham futbolchi boʻlgan. Oʻgʻli Sergey (1978-yilda tugʻilgan) 1996—2009-yillarda Oʻzbekiston chempionatida oʻynagan[2].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir