Konstantinopolning fathi
Konstantinopolning fathi (qadimgi yunoncha: Ἅλωσις τῆς Κωνσταντινουπόλεως; turkcha: İstanbul'un Fethi) — Vizantiya imperiyasining poytaxti Usmonlilar imperiyasi tomonidan qamal qilinib, soʻngra bosib olinishidir. Shaharni qamal qilish 1453-yil 6-aprelda boshlangan va 53 kun davom etgan. 1453-yil 29-mayda shahar butunlay taslim boʻlgan va bir vaqtlar dunyoning eng kuchli davlatlaridan boʻlgan Vizantiya imperiyasi qulagan.
Konstantinopolning fathi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Usmonli-Vizantiya urushi. | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Usmoniylar imperiyasi |
| ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Constantine XI Palaiologos † Loukas Notaras Theophilos Palaiologos † Giovanni Giustiniani Longo Gabriele Trevisano Cardinal Isidore Jakša Orhan Çelebi | |||||||
Kuchlar | |||||||
Quruqlik kuchlari:
Dengiz kuchlari: |
Quruqlik kuchlari:
Dengiz kuchlari:
| ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Nomaʼlum, ammo ogʻir[15] | • 4,000 askar va oddiy xalq oʻldirilgan[16][17] • 30,000 kishi qul qilingan[18] |
Konstantinopol himoyachilaridan ancha koʻp boʻlgan turk askarlariga 21 yoshli Sulton Mehmed II Fotih qoʻmondonlik qilgan. Konstantinopol armiyasiga esa Vizantiya imperatori Constantine XI Palaiologos boshchilik qilgan. Shahar zabt etilgandan soʻng, Mehmed II Fotih Usmonlilar imperiyasi poytaxtini Edirnedan Konstantinopolga koʻchiradi va shaharni Istanbul deb nomlaydi.
Konstantinopolning qulashi Rim imperiyasining davomchisi boʻlgan 1,500 yillik koʻhna davlat Vizantiya imperiyasining qulashi edi. Yevropa va Osiyoni bogʻlab turadigan Konstantinopolning qoʻlga olinishi Usmonlilarga Yevropaga yanada samarali bostirib kirishga imkon berdi va oxir oqibat Bolqon yarim orolining katta qismini Usmonlilar zabt etdilar.
Shaharning qulashi oʻrta asrlar oxirining eng katta va muhim voqeasi boʻlgan va oʻrta asrlar tarixini tugatib, yangi tarixni boshlab bergan voqea sifatida qaraladi. Shaharning qulashi harbiy tarixda ham burilish nuqtasi boʻlgan. Qadim zamonlardan beri shaharlar va qasrlar bosqinchilarga qarshi turish uchun ustunlar va devorlarga tayanib kelgan. Shu bilan birga, Konstantinopolning muhim istehkomlari, katta toʻp va bombardimonlar ko'rinishida, oʻq otish vositasi yordamida yengildi. Yangi qurollardan keng foydalanildi.
Vizantiya imperiyasi
tahrir330-yilda Konstantinopol Rim imperatori Konstantin I hukmronligi davrida imperatorlik poytaxti boʻlgan. Keyingi oʻn bir asrda, shahar koʻp marta qamal qilingan, ammo bosib olisha olmagan. Ammo 1204-yildagi toʻrtinchi salib yurishlari paytida Konstantinopol qamal qilindi va bosib olindi. Salibchilar Konstantinopolda va atrofida Lotin davlatini barpo qildilar, Vizantiya imperiyasining qolgan qismi, xususan Nikeya, Epirus va Trebizondga boʻlib ketdi. Bu davlatlar Lotin davlatiga qarshi kurashdilar, shu bilan birga Vizantiya taxtiga ham.
Nikiyaliklar oxir oqibat 1261-yilda Konstantinopolni Lotinlardan tortib olib, Paleologlar sulolasi hukmrdorligi ostida Vizantiya imperiyasini tikladilar. Keyinchalik, Lotinlar, Serblar, Bolgarlar va Usmonli turklarning ketma-ket hujumlariga uchragan vizantiyaliklar uchun tinchlik yoʻq edi.
1346-yil va 1349-yillar orasida qora oʻlim Konstantinopol aholisining deyarli yarmini oʻldirdi. Imperiya iqtisodiy va hududiy tanazzulga uchrashi natijasida shahar yana vayron boʻldi va 1453-yilga kelib, u beshinchi asr Teodosiya davridagi devorlari bilan oʻralgan keng dalalar bilan ajratilgan qishloqlardan iborat edi.
1450-yilga kelib imperiya deyarli yoʻq boʻlib ketdi. Konstantinopoldan tashqarida deyarli imperiyaning hududi qolmagan edi. Imperiya Qora dengiz sohilidagi hududlaridan ham ajralgan edi. Trebizond imperiyasi, Toʻrtinchi Salib yurishidan keyin vujudga kelgan mustaqil voris davlati Qora dengiz sohilida mavjud edi.
Qamalga tayyorgarliklar
tahrir1451-yilda Mehmed II Fotih otasining oʻrniga taxtga kelganida, u oʻn toʻqqiz yoshda edi. Koʻplab Yevropaliklar yosh Usmonli hukmdori Bolqon va Egeydagi nasroniy hokimiyatiga jiddiy eʼtiroz bildirmaydi deb taxmin qilishdi. Ushbu mulohazaga Mehmedning yangi devonida Yevropa elchilariga doʻstona soʻzlari sabab boʻldi. Ammo Mehmedning yumshoq soʻzlari uning harakatlariga mos kelmadi. 1452-yil boshiga kelib, Konstantinopoldan bir necha kilometr shimolda Bosforning Yevropa tomonida ikkinchi qal’a (Rumeli hisari) qurilishi boshlandi. Yangi qal’a Mehmed II Fotihning katta bobosi Boyazid I Yildirim qurdirgan Anadolu Hisarining toʻgʻrayidan barpo etildi. Bu qal’alar Bosfor boʻgʻozidagi dengiz harakatini toʻliq nazorat qilishni taʼminlab, shimolga Qora dengiz sohilidagi Genev koloniyalari hujumidan himoya qildi. Aslida, yangi qal’a strategik mavqeini taʼkidlash uchun Boğazkesen deb nomlangan, bu „boʻgʻozni toʻsuvchi“ yoki „tomoq kesuvchi“ degan maʼnoni anglatadi. 1452-yil oktabrda Sulton Mehmed II Fotih Turaxan Begga Peloponnesda Tomas va Demetriosni Konstantinopolni qamal qilish paytida birodari Constantine XI Palaiologosga yordam bermasligi uchun katta garnizon qoʻshinini joylashtirishni buyurdi. Yunon tarixchisi Maykl Kritobulus Sulton Mehmed II Fotihning qamal oldidan askarlariga qilgan nutqidan iqtibos keltiradi:
Mening doʻstlarim va mening imperiyamning odamlari! Sizlarning hammangiz ota-boblarimiz bu sarhadlarni juda katta kurash va xavf xatar bilan egallashganini juda yaxshi bilasiz va ajdodlarimiz otalaridan oʻgʻillariga va menga meros qilib qoldirishdi. Sizlardan eng keksalaringiz, ular tomonidan amalga oshirilgan ko'plab janglarda sherik bo'lgansizlar, hech bo'lmaganda kichigingiz bu ishlar haqida otalaringizdan eshitgan. Bular juda ham qadimiy voqealar emas va vaqt oʻtishi bilan unutilishi kerak emas. Bularni koʻrganlar boshqa tinglaganlardan koʻra yaxshi guvohlik berishadi.
Yevropaning madadi
tahrirVizantiya imperatori Constantine XI Sulton Mehmed II Fotihning asl maqsadini darrov angladi va yordam uchun Gʻarbiy Yevropaga murojaat qildi; ammo endi sharqiy va gʻarbiy cherkovlar oʻrtasidagi yuz yillik urush va adovatning bahosi toʻlanishi kerak edi. 1054-yildagi oʻzaro zulmdan beri Rim papasi sharqiy cherkov ustidan hokimiyat oʻrnatishga intilgan.
Kuchlar
tahrirUsmonli imperiyasi joylashuvi va strategiyasi
tahrirVizantiya imperiyasi joylashuvi va strategiyasi
tahrirQamal
tahrir= Yakuniy hujum =xujum
tahrirTalonchilik
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „İstanbul Üzerine Hareket“ başlıklı metin, Türk Tarih Kurumu.
- ↑ Halil İnalcık, Osmanlı İmparatorluğu Klasik Çağ (1300-1600), Baskı Yılı: 2008, Yapı Kredi Yayınları.
- ↑ Paul K. Davis: Besieged: 100 Great Seiges from Jericho to Sarajevo, Oxford University Press, 2003, ISBN 0-19-521930-9, sayfa 80 (Inglizcha)
- ↑ George Childs Kohn: Dictionary of Wars, Infobase Publishing, 2006 , ISBN 1-4381-2916-5, sayfa 136 (Inglizcha)
- ↑ Ikram ul-Majeed Sehgal: Defence Journal (Sayı 8), 2005, sayfa 49 (Inglizcha)
- ↑ Daniel Goffman: The Ottoman Empire and Early Modern Europe, Cambridge University Press, 2002, ISBN 0-521-45908-7, sayfa 52 (Inglizcha)
- ↑ J. E. Kaufmann, Hanna W. Kaufmann: The Medieval Fortress: Castles, Forts, and Walled Cities of the Middle Ages, Da Capo Press, 2004, ISBN 0-306-81358-0, sayfa 101 (Inglizcha)
- ↑ James Patrick: Renaissance And Reformation, Marshall Cavendish, 2007, ISBN 0-7614-7650-4, sayfa 618 (Inglizcha)
- ↑ Greece.org web sitesi, „The Fall of Constantinople, 1453“ başlıklı web sayfası.(Inglizcha) (08.03.2015 tarihinde görüntülendi)
- ↑ Özdek, s. 410
- ↑ Michael Lee Lanning: The Battle 100: The Stories Behind History’s Most Influential Battles, Sourcebooks, Inc., 2005, ISBN 1-4022-2475-3, sayfa 139-140 (Inglizcha)
- ↑ Saul S. Friedman: A history of the Middle East, McFarland, 2006, ISBN 0-7864-5134-3, sayfa 179 (Inglizcha)
- ↑ David Nicolle, Constantinople 1453: The end of Byzantium, Osprey Publishing, ISBN 1-84176-091-9, sayfa 44
- ↑ Mesut Uyar,Edward J. Erickson, A military history of the Ottomans: from Osman to Atatürk, ISBN 978-0-275-98876-0, sayfa 37
- ↑ Donald Nicol. „Constantine XI and Mehmed II: the fall of Constantinople 1448-53“
- ↑ Nicolle, David (2007). The Fall of Constantinople: The Ottoman Conquest of Byzantium. New York: Osprey Publishing. pp. 237, 238.
- ↑ Ruth Tenzel Fieldman, The Fall of Constantinople, Twenty-First Century Books, 2008, p. 99
- ↑ Part II: Fall of Constantinople, 2015-06-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-06-03