Kosmopolitlar (biologiyada) — Yer yuzining hayot mavjud boʻlgan katta qismida uchraydigan oʻsimlik va hayvonlar turi yoki boshqa taksonlari. Oʻsimlik va hayvonlarning qatiy kosmopolit turlari uncha koʻp emas. K. ga oʻsimliklardan suv va botqoklikda oʻsadigan turlar (lux, qovgʻa, baqatun, rdesta) yoki yovvoyi oʻsimliklardan katta zubturum, achambiti, bir yillik qoʻngʻirbosh, torongul, hayvonlardan uy pashshasi, shahar chumchugʻi, kulrang kalamush va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Koʻpincha turga nisbatan yuqoriroq taksonlar K. hisoblanadi. Hayvonlar orasida ogʻizaylangichlilar, chuchuk suv qisqichbaqasimonlari, suvaraqlar; oʻsimliklardan gʻallasimonlar, murakkabguldoshlar va boshqa K. boʻladi. K. aksi endemiklaryamr.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil