Kozim Toʻlaganov
Toʻlaganov Kozim Nosirovich – Toshkent shahar hokimi (1994-2001), Toshkent viloyati hokimi (2004-2005)[1]. "Shuhrat" medali sohibi (1994)[2].
Toʻlaganov Kozim Nosirovich | |
---|---|
Тўлаганов Козим Носирович | |
Toshkent viloyati hokimi | |
Mansab davri 2004-yildan – 2005-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Ummat Mirzaqulov |
Vorisi | Mirzamashrab Kuchchiyev |
Toshkent shahri hokimi | |
Mansab davri 1994-yildan – 2001-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Adhambek Fozilbekov |
Vorisi | Rustam Shoabdurahmonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-iyul 1949-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1949-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.
Maʼlumoti – oliy.
1971-yilda Toshkent politexnika insitutini tamomlagan.
1966—1971 yy. – Toshkent politexnika institutining talabasi.
1971—1972 yy. – Toshkent politexnika instituti qurilish fakultetinig tadqiqotchisi.
1972—1976 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish boshqarmasining ishchisi, ustasi, prorabi, katta prorabi.
1976—1979 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining 53-qurilish boshqarmasi boshligʻi, 22-qurilish boshqarmasi boshligʻi.
1979—1983 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining boshqaruvchisi.
1983—1986 yy. – Toshkent shahar partiya qoʻmitasi qurilish va shahar xoʻjaligi boʻlimining mudiri.
1986—1988 yy. – Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
1988—1990 yy. – „Toshshaharqurilish“ boshqarmasining boshligʻi.
1990—1991 yy. – Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshligʻi.
1991—1992 yy. – Oʻzbekiston qurilish vaziri.
1992—1994 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
1994—2001 yy. – Toshkent shahar hokimi.
2001—2004 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – kommunal soha, transport, qurilish majmuasi rahbari.
2004—2005 yy. – Toshkent viloyati hokimi.
2007—2009 yy. – „Trest-12“ OAO – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi muhandisi.
2010—2016 yy. – „Trest-12“ OAJ – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi yetakchi muhandisi.
2016—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi.
2017-yildan – Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining oʻrinbosari[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Rahbariyat | Qurilish vazirligi“. 2019-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e`lon qilinganligining uch yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ PF-2072-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida