Rustam Shoabdurahmonov

Oʻzbek davlat arbobi

Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov (1962-yil 24-mayda tugʻilgan) — Toshkent shahar hokimi (2001-2005), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi (2019—2022)[1], Oʻzbekiston Respublikasining Qilichbozlik federatsiyasi raisi (2017-2019)[2].

Shoabdurahmonov Rustam Mavzurovich
Шаабдурахманов Рустам Мавзурович
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti
Mansab davri
2019-yildan – 2022-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Umid Ahmadjonov
Vorisi Shavkat Mirziyoyev
Toshkent shahri hokimi
Mansab davri
2001-yildan – 2005-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Kozim Toʻlaganov
Vorisi Abduqahhor Toʻxtayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-may 1962-yil (1962-05-24) (62 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

tahrir

1983-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

1983-1985 — Armiya safida xizmat.

1985-1985 — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish boʻyicha Kengashning katta laboranti

1985-1988 — „Uzbekselmash“ birlashmasida katta iqtisodchi, boʻlim mudiri.

1988-1991 — Yunusobod tumani partiya komiteti kotibi oʻrinbosari, ijro etuvchi komitet raisining oʻrinbosari.

1991-1995 — Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining oʻrinbosari.

1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi talabasi.

1996-1999 — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, Iqtisodiyot bosh boshqarmasining boshligʻi.

1999-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari.

2000-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari.

2000-2001 — Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari.

2001-2005 — Toshkent shahar hokimi.

2005-2010 — Oliy Majlis Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi[3]

2005-2011 — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari.

2011-2017 — nafaqada.

2017-2019 — Oʻzbekiston Respublikasining Qilichbozlik federatsiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Xususiy, ijtimoiy-madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash boshqarmasi boshligʻi.

2019-2022 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi.

2001-yilda Mehnat shuhrati ordeni, 2004-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan[4].

Manbalar

tahrir
  1. arxiv nusxasi, 2019-06-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-24
  2. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obʼektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash direksiyasi
  3. Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida
  4. PF-3300-son 26.08.2003. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash haqida