Kredit
Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit (lot. creditum – qarz, credo – ishonaman, maqullayman) – pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) kreditga boʻlinadi.
Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat krediti – bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank krediti – jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting, faktoring, haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat krediti – davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan K.lar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol krediti – aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro kredit – muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va b, qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish.
Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi.
Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan K.larning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan K.lari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. Kredit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. Kredit tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda kredittizimi faoliyati „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida“ (1995.21.12), „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ahmadjon Oʻlmasov, Qahramon Haqberdiyev[1].
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi. Kredit munosabatlari ikki subʼekt oʻrtasida, yaʼni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi oʻrtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subʼektlari hisoblanadi. Sanab oʻtilgan subʼektlarning aynan har biri bir vaqtning oʻzida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi oʻrnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obʼekti jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridir. Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagʻlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha boʻsh turadigan pul mablagʻlari va boshqa pul resurslari kredit mablagʻlarining manbaini tashkil qiladi.
Kredit prinsplari
tahrir- qaytarib berishlilik prinspi.
- Muddatlilik prinspi.
- Foiz toʻlashlilik prinspi.
- Taʼminlanganlik prinspi.
- Maqsadlilik prinspi.
Kredit – tegishli tamoyillar asosida (qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) qiymat va moddiy buyum koʻrinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan iqtisodiy kategoriyalarning bir shaklidir" Kreditnig funksiyalari. Kreditlar odatda birinchi toifali garov ob’ektlari bilan taʼminlanadi.(yer, oltin va boshqa metallar).
Kredit sub’ektlari
tahrir- Banklar.
- Nobank kredit tashkilotlari, kredit uyushmalari, lombardlar, mikromoliyalash tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar.
- Korxonalar.
- Jismoniy shaxslar.
- Davlat.
- Davlat organi.
- Halqaro moliya kredit tashkilotlari.
Kredit munosabatlarining subyekti boʻlib kreditor va kredit oluvchi hisoblanadi, kreditning obyekti boʻlib pul va tovar hisoblanadi. Kreditning ikkita asosiy shakli mavjud:
- Bank krediti
- Tijorat krediti
Bank kreditining obyekti boʻlib pul mablagʻlari hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti tovarlardir.
Kredit funksiyalari
tahrirKredit resurslarining manbalari
tahrirKredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
- korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
- mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
- korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy ragʻbatlantirish fondlari;
- korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
- bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
- aholining boʻsh pul mablagʻlari.
Mohiyati
tahrirTakror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha boʻsh pul resurslari hosil boʻlishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim boʻgʻinlari va sohalarida qoʻshimcha pul mablagʻlariga ehtiyoj paydo boʻladi. Avvalo kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining boʻsh pul mablagʻlari ssuda fondi shaklida toʻplanib, keyin bu mablagʻlar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taʼminlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan toʻlov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va hokazo) yuzaga chiqarib, ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar oʻrniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. Toʻrtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit oʻz muassasalari orqali iqtisodiy subʼektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi. Nihoyat, kreditning oʻziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi.
Kredit turlari
tahrirTarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, isteʼmol va xalqaro kredit shakllarini oladi.
- Bank krediti – kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari – banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.
- Xoʻjaliklararo kredit – bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
- Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi.
- Isteʼmol krediti – xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
- Ipoteka krediti – koʻchmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
- Davlat krediti – kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.
- Xalqaro kredit – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Kredit haqida maʼlumot[sayt ishlamaydi]