Lizing
Lizing — bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish.
Lizing (ing. lease foydalanish) — mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri. L.ning, asosan, moliyaviy va oddiy turi bor. Moliyaviy L. — muayyan muddatga ijaraga beruvchining kapital harajatlarini toʻliq qoplashga yetarli toʻlovlardan iborat boʻlib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. Oddiy L. — ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi. L. kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda 1 yildan 10—15 yilgacha ijaraga beradi. L.da ijarachining shartnoma muddati tugagandan soʻng asbob-uskunlarni qoldiq qiymati boʻyicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga oʻtadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini choʻzish; moddiy boyliklarni L. kompaniyalariga qaytarish va boshqa koʻzda tutilishi mumkin. Tomonlar L. shartnomasida koʻrsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yoʻq. L. kompaniyalari mashina va usku-nalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablagʻlardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga bankdan qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.
L. investitsiya jaryonini moliyaviy taʼminlashda istiqbolli yoʻnalish hisoblanadi. L. korxonaga nisbatan kam mablagʻ bilan asosiy fondlarni yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda texnika bazasini yaratish, mulk ijarasi haqini ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan daromad hisobidan asta-sekin toʻlash imkoniyatlarini yaratadi.
Oʻzbekistonda birinchi L. kompaniyalari 1994-yildan boshlab tashkil etila boshladi. 2003-yilda 6 ta L. kompaniyasi ishladi. Oʻzbekiston Respublikasida L. munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14 aprelda kabul qilingan "Lizing toʻgrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. L. boʻyicha amaliy ishlarni olib boradigan "Oʻzbeklizing Interneyshnl" (1995), "Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing" aksiyadorlik kompaniyalari respublikadagi yirik L. kompaniyalari hisoblanadi.
Qodirjon Yusupov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |