Krona
Krona (slavyancha korona — toj) — Yevropadagi bir qator mamlakatlarning muomalada boʻlgan pul birligi.
- Daniya kronasi — Daniya pul birligi (krona). 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi DKK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSh dollari = 8,4\ K. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 K. = 80 soʻm 67 tiyin (2002-yil fevral).
- Islandiya kronasi — Islandiya pul birligi. 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi 1 SK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 K. = 12 soʻm 42 tiyin (2003-yil fevral).
- Norvegiya kronasi — Norvegiya pul birligi (krone). 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi NOK. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 K. = 139 soʻm 07 tiyin (2003-yil fevral).
- Slovakiya kronasi — Slovakiya pul birligi (koruna). 1 K. = 100 geller. Xalqaro ifodasi SLK. Xalqaro valyutalar kursi buyicha 1 AQSh dollari = 47,90 K. (2002-yil fevral).
- Chexiya kronasi — Chexiya pul birligi (koruna). 1 K. = 100 geller. Xalqaro ifodasi GZK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSh dollari = 36,37 K. (2002-yil fevral).
- Shvetsiya kronasi — Shvetsiya pul birligi (krona). 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi SEK. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 K. = 111 soʻm 83 tiyin (2003-yil fevral).
- Estoniya kronasi — Estoniya pul birligi (kroon). 1 K. = 100-sentabr Xalqaro ifodasi YEYEK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSh dollari =17,71 K. (2002-yil fevral).
- Avstro-Vengriya kronasi — Avstro-Vengriyaning, soʻngra 1924-yilgacha Avstriya va Vengriyaning pul birligi.
- Angliya kronasi, Fransiya kronasi — Fransiya (14—17-asrlar), Angliya (16—17-asrlar) va boshqa mamlakatlarning oltin tangasi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Krona soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi. Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin. |