Kubaro Hakimova

Oʻzbekistonlik para yengil atletikachi

Kubaro Hakimova (2002-yil 31-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. F41 klassidagi musobaqalarda ishtirok etib keladi[1]. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush medal sohibasi[2].

Kubaro Hakimova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 31-yanvar 2002-yil (2002-01-31) (22 yosh)
Sport
Qaysi sport Para yengil atletika (Disk va yadro uloqtirish)
Sport mukofotlari
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Kumush Parij 2024 Yadro uloqtirish
Jahon chempionati
Kumush Parij 2023 Yadro uloqtirish
Yozgi Paraosiyo oʻyinlari
Oltin Xanchjou 2022 Yadro uloqtirish

Tarjimayi holi

tahrir

Kubaro Hakimova 2002-yil 31-yanvarda tugʻilgan[1].

Faoliyati

tahrir

2018-yilda Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosiga aylangan. Murabbiyi – Sardor Abduxoliqov[1].

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan[1].

2023-yilda Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu natija Kubaroga 2024-yilgi Yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkonini taqdim etgan[1].

2024-yilda Parijdagi paralimpiya oʻyinlarining F41 klassidagi yadro uloqtirish musobaqasida ishtirok etib, 10.36 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan[2].

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir