Kulvasa (arabcha: كلواذا), shuningdek, Kulvasi yunon, arab va suriyalik tarixchilarning asarlarida tilga olingan qadimgi shahar. Oʻrta asrlardagi Bagʻdod shahri ushbu shaharning roʻparasida qurilgan. Shahar Dajla daryosining sharqiy sohilida joylashgan. Qadimda Kulavata darvozasi nomli darvoza boʻlgan[1]. Bugungi kunda bu shahar Rusafa tarkibida boʻlib, Karrada deb ataladi.

Shahar Yangi Bobil davrida qurilgan. Arxeologik dalillar uning Navoxudonosor II davrida (mil. avv. 605-562) qurilganini koʻrsatadi. Bu shahar haqida yozgan eng ko‘zga ko‘ringan tarixchilar Diodor Sitsiliyalik, Yoqut Hamaviy, Masʼudiy, Said al-Andalusiy va Abulfarajlardir.

Manbalar

tahrir