Kunihiko Kodayra
Kunihiko Kodayra (yaponcha: 小平 邦彦) (16-mart 1915-yil – 26-iyul 1997-yil) – yaponiyalik matematik. Kodayra algebraik geometriya hamda murakkab xilma-xilliklar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Fields medali bilan taqdirlangan ilk yaponiyalik olim (1954). 1984/85-yilgi Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.
Kunihiko Kodayra | |
---|---|
Tavalludi |
16-mart 1915-yil Tokio, Yaponiya |
Vafoti |
26-iyul 1997-yil (82 yoshda) Kōfu, Yaponiya |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Sohasi | matematik |
Ish joylari |
Tokio universiteti Perspektiv tadqiqotlar instituti Johns Hopkins universiteti Princeton universiteti Stanford universiteti |
Taʼlimi | Tokio universiteti |
Akademik rahbarlari | Shokichi Iyanaga |
Mashhur shogirdlari |
Walter Lewis Baily, Jr. Shigeru Iitaka Yoichi Miyaoka |
Mashhur ishlari | Algebraik geometriya, murakkab xilma-xilliklar |
Mukofotlari |
Fields medali (1954) Wolf mukofoti (1984/5) |
Kodayra Tokio universitetini 1938-yil matematika, 1941-yil fizika boʻyicha darajalar bilan tamomlagan. 1949-yil ayni universitetdan PhD darajasini olgan. Oʻsha yili AQShagi Perspektiv tadqiqotlar institutiga chaqirilgan. 1953-yildan Princeton universitetida ishlay boshlagan. 1967-yil Tokio universitetiga qaytgan.
Kodayra Yaponiyadagi algebraik geometriyachilar maktabi asoschisidir. Olim faoliyati boshida Hodge teoriayasi ustida ishlagan. Keyinchalik murakkab tizimlarning deformatsiyalar teoriyasiga asos solgan. 1960-yillardan boshlab esa algebraik sathlarni klassifikatsiyalash ustida ishlagan.