Kurakoyoqlilar (sutemizuvchilar)

Kurakoyoqlilar, kurakoyoqli sutemizuvchilar (lotincha: Pinnipedie) – sutemizuvchilar sinfining bir turkumi. Bu turkumga morjlar, dengiz arslonlari, quloqli tyulenlar, tojli tyulenlar, dengiz quyonlari, qoʻngʻir tyulelar, xoldor tyulelar, asl tyulenlar kiradi. Kurakoyoqlilar suvda yashaydi. Juni qisqa. Oyoqlari suvda suzishga moslashib, kurak (eshkak) ka aylangan (nomi ham shundan). Kurakoyoqlilar yerda zoʻrgʻa sudralib yuradi. Tishlari, asosan, konus shaklida. Dumi juda qisqa, terisi ostida qalin yogʻ qatlami bor. Bu qatlam hayvonlarni sovuqdan saqlaydi. Ular och qolganda yogʻ qatlam hisobiga yashaydi. Koʻzlari suv ostida koʻrishga moslashgan. Quloq suprasi juda kichkiva yoki boʻlmaydi. Burun teshiklari faqat nafas olganda ochiladi. Kurakoyoqlilar suv yuzasida dam oladi va uxlaydi. Suv tagida uzoq tura oladi. Kurakoyoqlilar suvda oziqlanadi, ozigʻini chaynamay yutadi (mollyuskalarning chigʻanogʻini tishida maydalaydi). Kurakoyoqlilar urchish, tullash, tugʻish va bolasini emizish, dam olish uchun quruqlikka yoki muz ustiga chiqadi. Kurakoyoqlilar eng kichik turining boʻyi 1,3 m (halqa naqshli tyulen yoki nerpa), eng kattasiniki 5,5 m (dengiz fili). Kurakoyoqlilarning 31 turi maʼlum 3 oilaga: morjlar, quloqli tyulenlar va asl tyulenlarga boʻlinadi. Okeanlarda, sovuq va oʻrta mintaqadagi dengizlarda, jumladan, Qora dengiz va Kaspiy dengizda uchraydi. Ayrim turlari koʻllar (masalan, Ladoga va Baykal) da ham yashaydi. 6 turi va 3 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Kurakoyoqlilar
Qazilma davri: 24-0 Ma
chattianhozirgacha 
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Binar nomi
Pinnipedia

Manbalar

tahrir
  1. Illiger, J. K. W.. Prodromus Systematis Mammalium et Avium (la). Sumptibus C. Salfeld, 1811 — 138–39-bet. 

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.