Tokembriy — Yer tarixida birinchi geologik formatsiyalar paydo boʻlishidan kembriy sistemasi (davri)tacha oʻtgan davr. T. Yer tarixining 6/7 kismini tashkil qiluvchi vaqtini va Yer poʻstining shu davrda hosil boʻlgan qad. qatlamlarini oʻz ichiga oladi. Bu davrning geologik tarixi uzoq vaqt fanga nomaʼlum boʻlib kelgan. Faqat 20-asrning boshlaridagina T. stratigrafiyasi va geoxronologshgsini oʻrganishda radiometrik metodlar qoʻllanila boshladi. T. bizga maʼlum boʻlgan 3500 mln. yoshga yakin qad. geologik jinslar hosil boʻlgan davrdan to kembriy davri boshlanishiga qadar 2900 mln. yildan ortiq vaqt davom etgan. 19-asrning 2yarmida Shimoliy Amerikada tarixiy geologik maʼlumotlar, jinslarning metamorfizm darajasi va boshqa belgilari asosida T.ni arxey yoki arxeozoy va proterozoy ga bulish taklif etilgan. Ular orasidagi chegara, bundan 2500—2700 mln. yil ilgari yirik burmalanish va granitlanish davriga tugʻri keladi. T. yotqiziqdari barcha qitalarda: Sharkiy Yevropa, Sibir, Janubiy Xitoy va Hindiston, shuningdek, Shimoliy Amerika, Afrika, Avstraliya va Antraktidaning qad. platformalarida tarqalgan. Yuqori T. hosilalari, koʻpincha, qad. platformalar choʻkindi qoplamining quyi qismini tashkil qiladi. Ular, tarkibida, hatto kuchsiz metamorfizm taʼsirida yemiriluvchi glaukonit va boshqa minerallar saqlangan, kamroq oʻzgargan jinslardan tarkib topgan. Quyi T. hosilalari gneys, migmatit, turli kristalli slanetslar, amfibolitlar, qisman jespilit, kvarsit va marmarlardan iborat. Ular qalin qatlamlarni tashkil qiladi. Bu esa, qatlamlarda quyi T.da barcha materiklarda keng tarqalgan harakatchan rivojlanish (geosinklinal)dan dalolat beradi. Quyi T. oxirida platforma tipidagi formatsiyalar paydo boʻlgan. Yuqori T. formatsiyalari turiga koʻra, paleozoy formatsiyalari turiga yaqin turadi, ular kvars qumtoshlari va kvarsitlar, gilli slanetslar va fillitlar, turli vulkanogen jinslar, stromatolitli dolomitlar va ohaktoshlardan tarkib topgan kalin qatlamlardan iborat. T.ning eng oxirida molasslarga oʻxshash jinslar qatlami paydo boʻlgan. T. yotqiziklarida fanerozoyning stratigrafik shkalasini tuzishda asos boʻlib xizmat qiladigan skeletli hayvonlar yoʻq, shunga qaramay organik hayot izlari koʻp. Koʻkyashil suvoʻtlar (stromatolitlar) va bakteriyalar (onkolitlar)ning hayot mahsullari mavjud. T. qatlamlarida ilgari spora deb hisoblangan suvoʻtlardan kelib chiqqan juda mayda (50 s oʻlchamli) yumaloq tanachalar ("akritarx" yoki "sferomorfid"lar) uchraydi.

Hayvonot dunyosi oʻsimliklarga qaraganda kam taraqqiy etgan. T.ning koʻpgina toshqotgan jinslari yetarlicha aniqlanmagan. Avstraliya, Janubiy Afrika qumtoshlarida kamdankam uchraydigan noyob topilmalar vendning hayvonot dunyosi ancha boy boʻlganligidan dalolat beradi.

Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Uzoq Sharq bukilmali sistemalarida ham T. davriga mansub jinslar aniqlangan. Bu yerlarda quyi T., shuningdek, rifeyga oid yotqiziqlar mavjud boʻlib, ular choʻkindi va vulkanogen geosinklinal qatlamlarni tashkil etadi. Oʻzbekistonda T. majmuasi quyi va yuqori proterozoy yotqiziqlaridan tashkil topgan. Quyi proterozoy KosonQoraterak (Teraksoy, Semizsoy svitalari) rnida, Boysuntogʻda (Qoratosh, Xujaboʻzbarak, Aylangar, Shotut svitalari), Tomditogʻda (Uchquduqtogʻ, Yurgantogʻ svitalari), Boʻkantogʻda (Cholcharatogʻ va Qumloq svitasining quyi qismi). Ular gneys, kristalli slanets, amfibolit, kvarsit, marmarlardan tarkib topgan, tirik mavjudot qoldiqlari topilmagan. Oʻzbekiston gʻarbida oʻrta va yuqori rifey yotqiziqlari topilgan. Turli xil kimyoviy elementlar (oltin, uran, selen, vanadiy, molibden va boshqalar)ning konsentratsiyasi yuqori. Bu esa shu regionda sanoat obʼyektlarini shakllanishiga sababchi boʻladi. Oʻzbekistonning T. kesmalarida topilgan rifey biotasi qoldiqlarining boy majmui va birgalikda topilgan turli guruhlar uzoq oʻtmishning geologik voqealari toʻgʻrisida juda qiziqarli ilmiy maʼlumotlar beradi. Bu esa, Janubiy Tyanshanning qad. geologik rivojlanishi tarixini yangicha talqin qilishga imkon yaratadi. Oʻzbekistonda T. qatlamlari borligini ilk bor geolog olim M. A. Ahmadjonov aniqlagan. T. foydali qazilmalarga juda boy. Bu davr yotqiziqlarida temir rudalari (temir kvarsitlari, jespilit), alyuminiy xom ashyosi (kianit, sillimanit), marganets, oltin va uran, mis, nikel, kobalt rudalari, qoʻrgʻoshinrux, slyuda (muskovit), keramika xom ashyosi va nodir metallar (T.ning eng keyingi hosilalarida qad. neft konlari) bor.