Kursk jangi — Ikkinchi jahon urushidagi eng yirik janglardan biri (1943-yil, 5-iyul — 23 avgust).

Stalingrad jangidan (1942—1943) soʻng, Bryansk, Voronej va Markaziy frontlarning qoʻshinlari nemis fashist qoʻshinlarini ulkan hudud boʻylab surib tashlagan. Natijada „Kursk yoyi“ deb atalmish front chizigʻi yuzaga kelgan. Nemis fashistlar qoʻmondonligi ana shu yerda Voronej va Markaziy front qoʻshinlarini oʻrab olib, tor-mor qilish rejasini tuzgan. Bunga qarshi sovet qoʻmondonligi dastlab mudofaa, keyin qarshi zarba operatsiyalari bilan dushmanni tor-mor keltirish va uning yangi rejalarini barbod qilish rejasini ishlab chiqqan. „Kursk yoyi“ni mudofaa qilayotgan qoʻshinlarga qarshi nemislar oʻzining, 2, 9-piyoda askarlar, 4-tank armiyasi, „Kampf“ tezkor guruhini jangga tashlagan. Vatijada ular 5-iyulda Oryol-Kursk yoʻnalishi boʻyicha 10—12 km, Belgorod-Kursk yoʻnalishi boʻyicha 35 km masofaga yorib kirgan. Iyul— avgust oylarida Markaziy, Voronej va Dasht (general-polkovnik Ivan Konev), Gʻarbiy (general-polkovnik Vasiliy Sokolovskiy), Bryansk (general-polkovnik Markian Popov) va Janubi-Gʻarbiy (general-armiya Rodion Malinovskiy) fronti qoʻshinlari qarshi hujumga oʻtib fashistlarning 30 diviziyasini yakson qilgan. Oryol va Belgorod (5 avgust), Xarkov (23 avgust) shaharlari ozod qilingan. Kursk jangi Ikkinchi jahon urushida hal qiluvchi burilish yasagan va strategik tashabbus oʻzil-kesil sovet qoʻshinlariga oʻtgan[1].

Kursk jangi bu tanklar jangi.

Mqanbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil