Gʻarbiy Qozogʻiston (viloyat)

(Lääne-Kasahstani oblastdan yoʻnaltirildi)

Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati — Qozogʻistonning shimoliy-gʻarbida joylashgan hudud. Sharq tomonidan Aqtoʻbe, janubida Atirau viloyatlari bilan, gʻarbida Rossiyaning Astraxan, Volgograd, Shimoliy-gʻarbida Saratov, Samara, Shimoliy tarafidan Orenburg viloyatlari bilan chegaradosh.

Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati
Батыс Қазақстан облысы
viloyat
Maʼmuriy markazi Oʻral
Asos solingan sanasi 1868-yil
Akim Noʻgʻayev Nurlan Asqarovich
Aholi (2012)
614 280 kishi[1]
(4,0 % ,  (13-oʻrin)
Zichligi 4,06 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar - 71,43 %
ruslar - 22,44 %
ukrainlar - 2,39 %
tatarlar - 1,45 % [2]
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 151 339 km² (5,6 %, 8-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 711х xx-xx-xx
Pochta indeksi 09xxxx
Avtomobil raqami kodi L,07
Rasmiy sayti http://www.westkaz.kz/
Xaritada
Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati xaritada
51°14′0″N 51°22′0″E / 51.23333°N 51.36667°E / 51.23333; 51.36667

Viloyat 1932-yili 10-martda Oʻral viloyati boʻlib tashkil topgan. 1996-yildan buyon Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati boʻlib nomlanib kelmoqda. Hududi 151,3 ming km2, aholisi 614 280 kishi (2012). Markazi — Oʻral shahri.

Aholisi

tahrir

Viloyat aholisining soni 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 614 280 kishi. Viloyat aholisi koʻp millatli hisoblanadi, viloyatning milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin.

Viloyatning milliy tarkibi:[3][4]
Aholi soni
1989-yiligi
% Aholi soni
1999-yiligi
% Aholi soni
2010-yiligi
%
umumiy 629494 100,00 % 616800 100,00 % 624280 100,00 %
Qozoqlar 351123 55,78 % 399030 64,69 % 445937 71,43 %
Ruslar 216514 34,39 % 174018 28,21 % 140096 22,44 %
Ukrainlar 28092 4,46 % 19634 3,18 % 14900 2,39 %
Tatarlar 12703 2,02 % 10104 1,64 % 9039 1,45 %
Beloruslar 5112 0,81 % 3577 0,58 % 2691 0,43 %
Chechenlar 1303 0,21 % 714 0,12 % 1695 0,27 %
Olmonlar 4550 0,72 % 2434 0,39 % 1496 0,24 %
Ozarbayjonlar 847 0,13 % 940 0,15 % 1200 0,19 %
Koreyslar 631 0,10 % 731 0,12 % 801 0,13 %
Mordvalar 1883 0,30 % 1090 0,18 % 663 0,11 %
boshqalar 6736 1,07 % 4528 0,73 % 5762 0,92 %

Tabiati

tahrir

Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati hududining aksar qismi Kaspiy yaqinidagi tekislikning shimolida joylashgan. Hududi, asosan, qumli dala-dashtlar bilan shoʻr erlar almashib yotgan tekislik boʻlib keladi[5]. Hududning dengiz sathidan balandligi 10 — 25 metrdan yuqori emas. Dengiz sathidan eng baland choʻqqisi 259 m Eshki togʻi[6].

Iqlimi

tahrir

Viloyatning iqlimi kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq keladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −11 — 14 °C, ayrim vaqtlarda —40 °C-gacha pasayadi, iyul oyining oʻrtacha yillik harorati 22 — 25 °C, bir hilda 40 °C gacha yuqorilaydi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 190 (janubida) — 350 mm (shimolida).

Hududiy boʻlinishi

tahrir

Viloyatning tumanlari:

  1. Aqjayiq tumani,
  2. Boʻkeyoʻrda tumani,
  3. Boʻrli tumani,
  4. Janaqala tumani,
  5. Janibek tumani,
  6. Zelenov tumani,
  7. Kaztalov tumani, markazi — Kaztalovka qishlogʻi
  8. Qaratoʻbe tumani,
  9. Sirim tumani,
  10. Tasqala tumani,
  11. Terekti tumani,
  12. Shingʻirtov tumani,

Hayvonot dunyosi

tahrir

Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining toʻqayli-oʻrmonli vodiylarida bulan, elik, daryolar yoqasidagi qilin qamishlar orasida toʻngʻiz, janubidagi qumli tomonida tulki, qashqir, quyon, qunduz, boʻrsiq va boshqa hayvonlar yashashadi. Viloyatda qushlarning koʻplab turlari (oqqush, gʻozlar, turna, birqozon, qargʻalar va boshqa qushlar uchraydi. Daryo va koʻllari baliqqa boy.

Manbalar

tahrir
  1. Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-10-13
  2. Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-03
  3. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  4. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-03
  5. Таскалинский район на официальном сайте акимата Западно-Казахстанской области, 2007-11-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-02
  6. [О регионе на сайте акимата Западно-Казахстанской области http://westkaz.kz/?section=14&action=&lang=ru (Wayback Machine saytida 2010-02-10 sanasida arxivlangan)]

Havolalar

tahrir