Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi

Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi —– 2018-yilda Wes Ball tomonidan suratga olingan va T.S. Nowlin tomonidan yozilgan ssenariy asosida yaratilgan Amerikaning distopik ilmiy-fantastik filmidir. Ushbu film, James Dashner tomonidan 2011-yilda nashr etilgan „The Death Cure“ romani asosida suratga olingan. Bu film 2015-yilda chiqarilgan Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmining davomi boʻlib, Labirintdagilar film trilogiyasining soʻnggi qismidir. Dylan O'Brien, Kaya Scodelario, Thomas Brodie-Sangster, Patricia Clarkson, Ki Hong Lee, Dexter Darden, Giancarlo Esposito, Aidan Gillen, Barry Pepper, Nathalie Emmanuel, Jacob Lofland, Katherine McNamara, Rosa Salazar va Will Poulter avvalgi filmlardagi rollarini davom ettirishgan boʻlsa, Walton Goggins yangi qoʻshilgan aktyorlar qatoriga kiradi.

Labirintdagilar: O'limga qarshi
Rejissyor(lar) Wes Ball
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) T. S. Nowlin
Qaysi asarga
asoslangan
The Death Cure
James Dashner
Rollarda
Bastakor(lar) John Paesano
Kinematografiya Gyula Pados
Muharrir(lar)
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 143 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Byudjeti $62 million[2]
Daromadi $288.2 million[2]

Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi filmi dastlab 2017-yil 17-fevralda AQShda 20th Century Fox tomonidan chiqarilishi rejalashtirilgan. Ammo studiya OʻBrien suratga olish jarayonida olgan jarohatlaridan tuzalishi uchun filmning chiqarilishini 2018-yil 26-yanvarga qoldirgan. Film tanqidchilar tomonidan turli xil fikrlar bilan qabul qilingan. Aktyorlar ishtirokidagi sahnalar, jang sahnalari va vizual effektlar maqtovga sazovor boʻlgan, ammo hikoya, ssenariy va personajlar rivoji tanqid qilingan. Film butun dunyo boʻylab 288 million dollardan ortiq daromad keltirgan.

Voqealar rivoji

tahrir

Soʻnggi erkin Gladerlar boʻlgan Thomas, Newt va Frypan, „Right Arm“ qarshilik harakati bilan birlashib, WCKD tomonidan qoʻlga olingan va ularda tajriba oʻtkazilgan immun bolalarni, shu jumladan Aris va Sonyani olib ketayotgan poyezd vagonidan olib chiqishga urinadi. Bolalar qutqarilganidan soʻng Aris Thomasga, ularning WCKD tomonidan qoʻlga olingan doʻsti Minho boshqa vagonda ekanini va poyezd WCKDning operatsiya markazi boʻlgan Soʻnggi shaharga yoʻl olayotganini aytadi.

Right Arm yetakchisi Vince buyrugʻiga qarshi, Gladerlar Minhoni qutqarish uchun Soʻnggi shaharga yoʻl olishadi. Minho va boshqa bolalar WCKD tomonidan virusga davo topish umidida qiynoqqa solinib, turli tajribalar oʻtkazilayotgan edi. Yoʻlda Gladerlar Flare virusi bilan zararlangan Crankslar tomonidan hujumga uchraydi. Biroq, ularni Jorge va Brenda qutqarib qolib, ular bilan qolgan bolalarni qutqarishga otlanishadi.

Gladerlar ulkan devorlar bilan himoyalangan Soʻnggi shahar yoniga yetib borishadi. Devor tashqarisida odamlar shaharga kiritilishlarini talab qilib namoyishlar oʻtkazishadi. Janson namoyishchilar orasida Thomasni koʻrib qolib, WCKD namoyishchilarga qarata oʻq uzishlarini buyuradi. Soʻng Gladerlarni gaz niqobini kiygan bir guruh odamlar qoʻlga olib, yashirin joyga olib ketishadi. Bu odamlarning biri Minho tomonidan nayza bilan yaralangan boʻlishiga qaramay tirik qolgan Gally edi. U Thomas, Newt va Frypanni Soʻnggi shaharga kirishiga yordam beradigan isyonchilar yetakchisi Lawrence bilan tanishtiradi.

Gally Thomas va Newtni shahar boʻylab aylantirib WCKD shtab-kvartirasini koʻrsatadi. U yerga kirishning yagona yoʻli hozirda yana WCKD ga ishlashni boshlagan Teresa ekanligini Thomasga koʻrsatadi. Dastlab Thomas bunga qarshilik qiladi. Keyin Newt Thomasga oʻzining virus bilan zararlanganini koʻrsatadi. Newtni davolashga vaʼda berib, Thomas va Gally Teresani qoʻlga olishadi. WCKD askarlari kiyimini kiyib, Thomas, Newt va Gally Teresani WCKD shtab-kvartirasiga olib kirishadi va Immunlar joylashgan manzilga yoʻl olishadi. Gally immun bolalarga qarashni boshlaydi va Flare virusi taʼsirini sekinlashtiradigan zardob topishga kirishadi.

Thomas, Teresa va Newt Minhoni topish uchun yoʻl olishadi, lekin Janson ularni payqab qolib ularni ortidan quvlay boshlaydi. Teresa ularga Minhoni topish uchun qochishga imkon beradi. Soʻngra shaharga kirishdan oldin Gladerlardan kuzatuv moslamalarini olib tashlayotganda olingan Thomasning qonida test oʻtkazish uchun laboratoriya tomon yoʻl oladi. Immun bolalarni va zardobni Brendaga yetkazib berganidan soʻng, Gally Thomasni topish uchun WCKD shtab-kvartirasiga qaytadi. Brenda va immun bolalar qoʻlga tushmaslik uchun qochishga majbur boʻlishadi. Thomas va Newt Minho bilan qayta uchrashib, WCKD binosidan qochishga urinishadi. Bir xonaga qamalib qolib, baland bino derazasidan sakrashlariga toʻgʻri keladi. Teresa esa Thomasning qoni Flare virusini butunlay yoʻq qilib yuborishini tushunib yetadi. Teresa bu kashfiyotini WCKD rahbari Ava Paige bilan boʻlishadi hamda ular tezda Thomasni topish maqsadida Thomasga xabar yoʻllashadi. Brenda va immun bolalar Frypan yordamida WCKDdan qochib chiqishadi.

Bu orada, Lawrence isyonchilarini shahar tashqarisida yigʻib oʻzini qurbon qilish orqali darvozadan katta yoriq ochadi. Bu orqali uning ittifoqchilari va virus bilan zararlangan odamlar shaharni bosib olishadi. Gally WCKD askarlari qurshoviga tushgan Thomas, Newt va Minhoni askarlardan qutqaradi. Minho va Gally Brendadan zardobni olish uchun yoʻl oladi. Thomas esa Newtdan medalon oladi, soʻngra Newt hushidan ketadi. Teresa shahar boʻylab oʻz ovozini tarqatib, Tomasga qaytib WCKDga keladigan boʻlsa, uning qoni Newtni qutqarishini aytadi. Flare virusi tomonidan deyarli butunlay egallangan Newt hushiga keladi va Thomasga hujum qilib, undan oʻzini oʻldirishini iltimos qiladi. Thomas rad etganida, Newt oʻz pichogʻi bilan oʻzini halok qiladi. Thomas WCKDga qaytib, Paige bilan yuzlashadi.

Paige Thomas bilan suhbatlashayotganida, Flare bilan zararlangan Janson uni oʻldiradi va Thomasni narkoz bilan uyquga ketkazadi. Teresa muvaffaqiyatli ravishda uning qonining bir qismini oladi. Janson faqat oʻzini va munosib deb hisoblagan boshqalarni davolashni xohlashini eshitgach, Teresa unga hujum qilib, Thomasni ozod qiladi. Thomas Janson bilan kurashib, ikki Crankni boʻshatib yuboradi. Ular Jansonni oʻldiradi. Bino yonayotgan paytda, Thomas va Teresa tomga qochishadi. Qolgan jamoa Bergda yetib keladi. Teresa jarohatlangan Thomasga bortga chiqishga yordam beradi, ammo bino qulab tushib, Teresaning halok boʻlishiga sabab boʻladi.

Guruh qolgan Immunelar bilan birgalikda xavfsiz joyga qochib, u yerda qolgan aholi tinchlikda yashab, sivilizatsiyani qayta tiklashlari mumkin boʻlgan makonga yetib boradi. Thomas Newt bergan medalonda bir xat yashiringanini aniqlaydi. Unda Newt undan hammani asrashini soʻraydi va doʻst boʻlgani uchun minnatdorchilik bildiradi.

Ishlab chiqarishi

tahrir

2015-yil mart oyida birinchi hamda ikkinchi filmga ssenaristlik qilgan T. S. Nowlin Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi filmiga ham ssenariy yozish uchun qaytishi eʼlon qilingan[3]. 2015-yil 16-sentabrda Ball yakuniy filmni suratga olish uchun qaytishi tasdiqlangan.

Suratga olinishi

tahrir

Asosiy suratga olish ishlari 2016-yil 14-martda Kanadaning Vancouver shahrida boshlangan[4][5]. Bungacha San-Diego Comic-Con festivalida suratga olish ishlari 2016-yil fevral oyida boshlanishi rejalashtirilgani maʼlum qilingan[6].

2016-yil 18-mart kuni aktyor Dylan O'Brien suratga olish jarayonida olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan. James Dashner Twitter orqali ushbu hodisadan soʻng film ishlab chiqarilishi toʻxtatilganini eʼlon qilgan[7]. Prodyuserlar suratga olish ishlarini may oyi oʻrtalarida qayta boshlashni rejalashtirishayotgani haqida xabar berilgan[8]. Kanada Rejissyorlar Gildiyasining suratga olish roʻyxatiga koʻra, filmni suratga olish ishlari 9-mayda davom etishi va asosiy suratga olish ishlari 26-iyulda tugatilishi rejalashtirilgan. Biroq, 2016-yil 29-aprelda OʻBrienning jarohatlari kutilganidan koʻra jiddiyroq ekanligi aniq boʻlganligi sababli, ishlab chiqarish noʻmalum muddatga toʻxtatigan[9].

Qayta suratga olish ishlari 2017-yil 6-martda Janubiy Afrikaning Cape Town shahrida boshlagan[10][11][12]. 2017-yil may oyida Walton Goggins Lawence rolini ijro etishi eʼlon qilingan[13]. Asosiy suratga olish ishlari 2017-yil 3-iyun kuni yakunlangan[14].

Vizual effektlar

tahrir

Vizual effektlar Weta Digital tomonidan taqdim etilgan boʻlib, ularni nazorat qilish Chris Whitega topshirilgan[15].

Namoyish etilishi

tahrir

Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi filmi dastlab 2017-yil 17-fevralda AQShda premyera qilinishi rejalashtirilgan[16]. Biroq, OʻBrienning jarohatlari tufayli studiya bu sanaga film tayyor boʻlmasligini maʼlum qilgan[17]. 2016-yil 27-mayda 20th Century Fox filmning chiqarilishini 2018-yil 12-yanvarga qoldirgan[18].

2017-yil 22-aprelda studiya filmning chiqarilish sanasini yana bir bor kechiktirib, montaj ishlari uchun koʻproq vaqt berish maqsadida premyera sanasini 2018-yil 9-fevral etib belgilagan. Bir necha oy oʻtgach, 25-avgustda studiya filmning chiqarilishini ikki hafta oldinga belgilashga qaror qilgan[19]. Film 2018-yil 26-yanvarda premyera qilingan[20][21].

Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi filmi 2018-yilning 24-aprelida Blu-Ray va DVD formatlarida chiqarilgan[22].

Qabul qilinishi

tahrir

Daromadi

tahrir

Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi filmi Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadada 58 million dollar daromad qilgan. Dunyo boʻylab daromadi 230,1 million dollarga yetgan. Jami dunyo boʻylab tushumi 288,2 million dollarni tashkil etib, filmning ishlab chiqarish byudjeti 62 million dollar boʻlgan[23]. 

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadada Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi filmi Hostiles filmining kengaytirilgan namoyishi bilan bir vaqtda chiqarilgan. Ochilish hamda dam olish kunlarida 3,786 kinoteatrdan taxminan 20 million dollar daromad olishi kutilgan[24]. Film ochilish haftasida 24,2 million dollar yigʻib, avvalgi filmga qaraganda pastroq natija koʻrsatgan boʻlsa ham, oʻzi bilan bir vaqtda chiqqan filmlar bilan solishtirganda daromadi boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan[25]. Ikkinchi hafta oxirida film daromadi 57% ga kamayib, 10,5 million dollarga tushib, Jumanji: Changalzor chorlovi filmidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan[26].

Shimoliy Amerikada premyerasidan bir hafta oldin, film Janubiy Koreya, Avstraliya va Tayvanda namoyish etilgan. Ochilish hamda dam olish kunlarida 15,1 million dollar daromad qilgan[27]. Xalqaro miqyosda namoyish etilgan dastlabki ikki hafta davomida film xalqaro kassani zabt etib, birinchi haftasida 62,6 million dollar, ikkinchi haftasida 35,2 million dollar daromad qilgan va shu bilan avvalgi ikki filmni ortda qoldirgan[28][29].

Tanqid

tahrir

Sharhlarni toʻplovchi Rotten Tomatoes veb-saytida, film 172 ta sharhga asoslangan holda 42% maʼqullanish reytingiga va 5,1/10 oʻrtacha bahoga ega[30]. Metacriticda, film 38 nafar tanqidchi asosida 100 dan 50 ball toʻplagan[31]. CinemaScore tomonidan soʻrov qilingan tomoshabinlar filmga A+ dan F gacha boʻlgan shkala boʻyicha oʻrtacha „B+“ bahosini berishgan[32].

Mukofotlari

tahrir
Yil Mukofot Turkum Nomzod(lar)
2018 Teen Choice Awards [33] Choice Action Movie Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi
Choice Action Movie Actor Dylan O'Brien
Choice Movie Ship Dylan OʻBrien va Kaya Skodelario
Choice Movie Villain Aidan Gillen

Qayta ishlanishi

tahrir

2019-yil mart oyida Disney kompaniyasi 21st Century Foxni sotib olgan. Oradan bir oy oʻtib 2019-yil aprel oyida Disney oʻzlarining CinemaCon taqdimotida yangi Maze Runner filmlari ishlab chiqilishini tasdiqlagan[34].

2024-yil may oyida, Maze Runner filmini qayta ishlash rejalashtirilayotgani eʼlon qilingan. Wes Ball prodyuser sifatida qaytib kelishi, Jack Paglen esa ssenarist sifatida chaqirilgan[35].

Manbalar

tahrir
  1. MAZE RUNNER: THE DEATH CURE (2018) (12A)“. British Board of Film Classification (2018-yil 17-yanvar). 2018-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Maze Runner: The Death Cure“. Box Office Mojo. IMDb. 2018-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
  3. Busch, Anita „'Maze Runner: The Death Cure' Sets T. S. Nowlin To Pen“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2015-yil 4-mart). 2015-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-mart.
  4. „The Maze Runner 3 to begin filming in Vancouver in March“. Vancity Buzz (2016-yil 18-yanvar). 2016-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-fevral.
  5. A., Aliza. „'The Maze Runner: Death Cure' News And Updates: Filming Confirmed; Release Date Set On February“. Jobs & Hire (2016-yil 9-mart). 2016-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
  6. @ClevverTV. „The script for Death Cure is currently being worked on & will begin filming in February #ScorchTrials #ScorchSneakPeek“ (2015-yil 9-iyul). Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
  7. Zumberge, Marianne. „'Maze Runner' Star Dylan O'Brien Injured on Set“. Variety. Penske Business Media (2016-yil 18-mart). 2016-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-mart.
  8. Malkin, Mark „Maze Runner Star Dylan O'Brien Healing Very Well After On-Set Accident, Will Return to Work in About Six Weeks“. E! (2016-yil 5-aprel). 2016-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-may.
  9. Ford, Rebecca; Kit, Borys „Dylan O'Brien's Injuries Force 'Maze Runner' Sequel to Extend Production Shut Down“. The Hollywood Reporter. Prometheus Global Media (2016-yil 29-aprel). 2017-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-may.
  10. Wilson, Lena „Maze Runner: The Death Cure Resumes Filming In February“. Screen Rant (2016-yil 29-avgust). 2016-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.
  11. Bailey, Ian „Maze Runner film production leaving B.C. for South Africa“. The Globe and Mail (2016-yil 4-sentyabr). 2016-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
  12. Ball, Wes [@wesball]. „Big day today. Shot two scenes in 7 hours (that's a short day for me). Also prelit a set for tomorrow. Then watched dailies... Pretty stuff.“ (2017-yil 2-mart). Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  13. Hipes, Patrick „Walton Goggins Set For 'Maze Runner: The Death Cure'“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2017-yil 10-may). 2018-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  14. Ball, Wes [@wesball]. „That's a wrap! Thanks to a great cast and crew for a hell of an experience.“ (2017-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  15. „MAZE RUNNER: THE DEATH CURE - The Art of VFXThe Art of VFX“. www.artofvfx.com (2018-yil 17-aprel). 2018-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
  16. Chitwood, Adam „MAZE RUNNER: THE DEATH CURE Set for 2017 Release; Miraculously Not Being Split into Two Movies“. Collider. Complex Media (2015-yil 18-aprel). 2015-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyun.
  17. Ford, Rebecca; Kit, Borys „Dylan O'Brien's Injuries Force 'Maze Runner' Sequel to Extend Production Shut Down“. The Hollywood Reporter. Prometheus Global Media (2016-yil 29-aprel). 2017-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-may.
  18. „Maze Runner: The Death Cure“. Launching Films. Film Distributors' Association. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  19. Ball, Wes [@wesball]. „Hey maze fans. Don't worry. Release date shifted 4 weeks. It's a good thing. I get four more weeks of vfx finals, sound mixing, editing.“ (2017-yil 22-aprel). Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  20. Anthony, D'Allessandro „'Deadpool 2', 'New Mutants' & 'Dark Phoenix' Find 2018 Dates Among Fox's Slew of Release Changes & Additions“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2017-yil 22-aprel). 2018-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  21. Dave, McNary „Steven Spielberg's Pentagon Papers Movie Re-Titled 'The Post'“. Variety. Penske Business Media (2017-yil 25-avgust). 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-avgust.
  22. „Maze Runner: The Death Cure (DVD)“. Amazon. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  23. „Numbers, The Maze Runner Budget“ (2018-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 10-avgust.
  24. McNary, Dave „Box Office: 'Maze Runner: The Death Cure' Races Toward $20 Million Opening“. Variety (2018-yil 23-yanvar). 2018-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
  25. D'Alessandro, Anthony „Fox Controls Close To 40% Of Weekend B.O. Led By 'Maze Runner' & Oscar Holdovers; 'Hostiles' Gallops Past 310M“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2018-yil 28-yanvar). 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.
  26. D'Alessandro, Anthony „'Jumanji' Poised To Be Dwayne Johnson's Highest Grossing Pic of All-Time Stateside After Super Bowl Weekend Rebound“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2018-yil 4-fevral). 2018-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-fevral.
  27. McNary, Dave „Box Office: 'Maze Runner: The Death Cure' Races Toward $20 Million Opening“. Variety (2018-yil 23-yanvar). 2018-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
  28. McNary, Dave „Box Office: 'Maze Runner: The Death Cure' Dominates With $62.6 Million Internationally“. Variety. Penske Business Media (2018-yil 28-yanvar). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.
  29. McNary, Dave „'Maze Runner: The Death Cure' Sprints to $35 Million at International Box Office“. Variety. Penske Business Media (2018-yil 4-fevral). 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.
  30. „Rotten Tomatoes“. Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.
  31. „Maze Runner: The Death Cure Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. 2018-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.
  32. D'Alessandro, Anthony „Fox Controls Close To 40% Of Weekend B.O. Led By 'Maze Runner' & Oscar Holdovers; 'Hostiles' Gallops Past 390M“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2018-yil 28-yanvar). 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.
  33. „Teen Choice Awards 2018: See the full list of winners“. EW.com. Entertainment Weekly. 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  34. „Fox Plans More Sequels to Popular Movie Franchises Post-Disney Merger“. CBR (2019-yil 3-aprel). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-sentyabr.
  35. Kit, Borys „'The Maze Runner' Reboot in the Works with 'Transcendence' Scribe Jack Paglen in Talks to Write (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2024-yil 3-may). Qaraldi: 2024-yil 3-may.