Lawrence Roberts
Lawrence Roberts (toʻliq ismi Lawrence Gilman Roberts 1937-yil 21-dekabr Vestport, Konnetikut, AQSHda tugʻilgan – 2018-yil 26-dekabr Redvud-Siti, Kaliforniyada vafot etgan). Amerikalik kompyuter mutaxassisi va internetning kashshofidir[2].
Lawrence Roberts | |
---|---|
Larry Roberts | |
Tavalludi |
Lawrence Gilman Roberts 21-dekabr 1937-yil |
Vafoti |
26-dekabr 2018-yil (81 yoshda) Redwood City, California |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi | Yangi Janubiy Uels universiteti va Guindi muhandislik kollejida (1958) |
Kasbi | muhandislik, informatika |
Faoliyat yillari | Karnegi Mellon universiteti, Stenford universiteti |
Otasi | Elliott John Roberts |
Onasi | Elizabeth Gilman[1] |
Hayoti va ish faoliyati
tahrirRoberts Kembrijdagi Massachusets texnologiya institutida (MIT) elektrotexnika boʻyicha bakalavr (1959), magistr (1960) va doktorlik (1963) darajalarini qo'lga kiritgan. Keyin Roberts Massachusets shtatining Leksington shahridagi MITning Linkoln laboratoriyasida ishladi va u yerda aloqa tarmoqlarini oʻrgandi. 1965-yil fevral oyida Roberts ilgʻor tadqiqot loyihalari agentligidan (ARPANET) shartnoma oldi va keyinchalik Roberts Mudofaa boʻyicha ilgʻor tadqiqot loyihalari agentligi (DARPANET) boʻyicha eksperimental kompyuter tarmogʻini ishlab chiqish uchun shartnomani qo'lga kiritdi. Oʻsha yilning oktyabr oyida Roberts Linkoln laboratoriyasidagi kompyuterini Kaliforniyaning Santa-Monika shahridagi (System Development Corporation) kompaniyasining asosiy kompyuteriga ulashga muvaffaq boʻldi. 1966-yilda Robertsdan bir necha marta ARPANET direktori boʻlishni soʻrashdi. Roberts rad etdi. Ammo oxir-oqibat Robertsni, loyihani boshqarishga koʻndirildi. 1967-yil aprel oyida Michigan shtatining Ann Arbor shahrida boʻlib oʻtgan ARPANET yigʻilishida Roberts tarmoqning texnik xususiyatlarini taqdim etdi.[3]. 1969-yil 29-oktyabrda amerikalik kompyuter mutaxassisi Leonard Kleynrok va uning shogirdi Charli Klayn ARPANET orqali Kaliforniya universitetidagi IMP va kompyuterdan Stenford tadqiqot institutining (keyinchalik SRI International) IMP kompyuterlariga birinchi xabarni yubordilar (Menlo Parkda, Kaliforniya). 1969-yil oxiriga kelib, dastlab rejalashtirilgan toʻrt tugunli ARPANET qurib bitkazildi va yana 1969-yilda Roberts ARPANET da axborotni qayta ishlash texnikasi boʻlimi direktori boʻldi[4]. 1971-yilda Roberts birinchi elektron pochta dasturlaridan birini yozgan mutaxassis, bu birinchi marta foydalanuvchilarga oʻz xabarlarini saqlash, oʻchirish va tartibga solish imkonini berdi. 1973-yilda Roberts Telenet kompaniyasiga asos soldi. Bu esa paketli kommutatsiyadan foydalanadigan birinchi kompyuter tarmoqlari kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya X.25 modelini ham ishlab chiqdi, Roberts eng mashhur tarmoq protokolidan biriga aylandi. Telenet 1979-yilda GTE korporatsiyasiga sotilgan va Roberts 1980-yilda kompaniyani tark etgan.
1983-yilda Roberts asinxron uzatish rejimi (ATM) protokolidan foydalangan holda tarmoq uskunalarini ishlab chiqaruvchi NetExpress kompaniyasining raisi va bosh ijrochi direktori boʻldi. 1993-yilda Roberts ATM Systems prezidenti boʻldi. Biroq, ATM oxir-oqibat Internet Protocol (IP) dan foydalanadigan tarmoq qurilmalari bilan almashtirildi va Roberts 1998-yilda ATM tizimlarini tark etdi.
1999-yilda Roberts Caspian Networks kompaniyasiga asos soldi. Roberts alohida paketlarda emas, balki xabarning umumiy turi boʻyicha ishlovchi marshrutizatorlarni ishlab chiqdi. Roberts 2004-yilda Caspian Networks kompaniyasini tark etdi va oʻsha yili Anagranga asos soldi. Roberts ham IP routerlarni ishlab chiqdi. 2001-yilda Milliy muhandislik akademiyasining Charlz Stark Draper mukofotiga sazovor boʻldi.
Mukofotlari
tahrir- 1976-yil – Garri Gud xotira mukofoti
- 1990-yil – Uolles Makdauell mukofoti
- 1998-yil – SIGCOMM mukofoti
- 2001-yil – Charlz Stark Draper mukofoti
- 2002-yil – Asturiya malikasi mukofoti (2002)
- 2005-yil – C&C mukofoti
- 2012-yil – Internet shon-sharaf zali
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ Otis Port. „Larry Roberts:He made the Net Work“. Business Week (2004-yil 27-sentyabr). 2004-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Donald W. Davies, 75, Dies; Helped Refine Data Networks“. New York Times (2000-yil 4-iyun). Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
- ↑ Pelkey, James „4.7 Planning the ARPANET: 1967-1968 in Chapter 4 - Networking: Vision and Packet Switching 1959 - 1968“. The History of Computer Communications. 2022-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.