Laylo (toʻliq ism-sharifi: Laylo Muzaffarovna Aliyeva; 1975-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR – 1998-yil 1-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik xonanda. Xonanda 1998-yil 1-may kuni Toshkent shahridagi oʻz uyida oʻldirib ketilgan. Tanasida 33 ta pichoq izi aniqlangan[1].

Laylo
Tavalludi 25-noyabr 1975-yil
Samarqand, Oʻzbekiston
Vafoti 1-may 1998-yil(1998-05-01)
(22 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi xonanda

Shaxsiy hayoti

tahrir

Laylo oilasida bir oʻgʻil, uch qiz farzand boʻlishgan. Bolaligi Toshkent shahrida oʻtgan. Yoshligidan raqs tushishga juda qiziqqan. 10 yoshida oromgohda oʻtkazilgan goʻzallik tanlovida yuqori oʻrinni qoʻlga kiritgan. Oʻrta maktabda 3-sinfligidan xoreografiya bilim yurtida tahsil olgan. Qoʻshiq aytish sirlarini Toshkent Davlat konservatoriyasida Saodat Qobulovadan oʻrgangan[2].

Qabri Toshkent shahridagi Yakkasaroy qabristonida.

Manbalar

tahrir
  1. „В память узбекской певицы Лайло Алиевой“ (ruscha). centre1.com. Центр-1 (2018-yil 27-fevral). 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  2.   Лайло Алиева Биографияси оиласи угли хёти ёшлиги улими YouTubeda // TANIQLI.