Leopold Ružička
Leopold Ružička (1887.13.9 — Vukovar, Yugoslaviya — 1976.26.9) — shveysariyalik organik kimyogar. 1912—25 va 1929—57 yillarda Syurixdagi Oliy texnika maktabida ishlagan. Utrext universiteti (Gollandiya) professor (1929). Asosiy ilmiy ishlari alitsiklik (polimetilen), xususan, terpenoid birikmalarning tuzilishi va biosintezini oʻrganishga oid. Halqasida 8 tadan 34 tagacha uglerod atomlari tutgan alitsiklik ketonlarni sintez qilgan (1920—34). Santonin (1930) va abiyetin kislotaning (1932) tuzilishini aniqlagan. Ilk bor xolesterin asosida androsteron (1934) va testosteron (1935, Adolf Butenandt bilan bir vaqtda) gormonlarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1939).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |