Lili Damita
Lili Damita (1904-yil 10-iyul — 1994-yil 21-mart) 1922 va 1937-yillar orasida 33 filmda rol oʻynagan fransuz-amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi edi.
Lili Damita | |
---|---|
Tavalludi |
Liliane Marie-Madeleine Carré 1904-yil 10-iyul Blaye, Fransiya |
Vafoti |
21-mart 1994-yil (89 yoshda) Palm Beach, Florida, Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Fuqaroligi | Fransiya va AQSh |
Faoliyat yillari | 1922-1937 |
Turmush oʻrtogʻi |
Errol Flynn (turm. 1935; ajr. 1942) Allen Loomis (turm. 1962; ajr. 1983) |
Bolalari | Sean Flynn |
Erta hayot va taʼlim
tahrirLili Damita 1904-yil 10-iyulda Fransiyaning Blaye shahrida tugʻilgan. Uning otasi ofitser edi.[1] U bir qancha mamlakatlarda vatani Fransiyada, Ispaniya va Portugaliyada monastirlar va balet maktablarida tahsil olgan. 14 yoshida u Parij opera teatriga raqqosa sifatida qabul qilindi.[2]
Faoliyat
tahrirOʻsmirlik chogʻida u mashhur musiqa zallarida chiqish qildi va oxirgi marotaba Casino de Parijdagi Revyuda chiqish qildi.[3] U fotomodel sifatida ishlagan. 1921-yilda jurnal goʻzallik tanlovida gʻolib boʻlgani uchun filmda rol taklif qilingan, u vengriyalik rejissyor Maykl Kurtiz tomonidan Das Spielzeug von Paris (1925) filmidagi birinchi bosh rolini taklif qilinishidan oldin bir nechta ovozsiz filmlarda suratga tushgan.[4] U bir zumda muvaffaqiyat qozondi va Kurtiz uni yana ikkita filmga taklif qildi: Fiaker Nr. 13 (1926) va Der Goldene Shmetterling (1926) filmlari.[5] Damita Robert Wiene (Die große Abenteuerin),[6] GW Pabst (Man spielt nicht mit der Liebe) va britaniyalik rejissyor Grem Katts (Qirolicha salonda edi) tomonidan sahnalashtiriladigan nemis spektakllarida rol oʻynashda davom etdi.
Hollywood faoliyati
tahrir1928-yilda Damitani Semyuel Goldvin Hollywoodga taklif qildi. Damita ilk bora Qutqaruv filmida Amerika suratga tushdi. U Moris Chevalier, Laurens Olivier, Jeyms Cagney, Gary Cooper va Cary Grant kabi yulduzlar bilan birga turli studiyalarda ishladi. Uning filmlari orasida Xoʻroz koʻzli dunyo (1929),[7] San-Luis Rey koʻprigi (1929) va Bu tun (1932) filmlari bor edi.[8]
Shaxsiy hayoti
tahrirKurtiz bilan uzoq davom etgan munosabatlaridan soʻng[9] u 1935-yilda aktyor Errol Flinnga turmushga chiqdi va ekranni tark etdi. Tez orada Flinn Hollywoodning eng qimmat aktyorlaridab biriga aylandi va 1941-yilda ular Shon Flinn ismli oʻgʻil koʻrdilar. Er-xotin 1942-yilda qattiq ajralishdi. Flinnning avtobiografiyasiga asoslangan „ Mening yovuz yoʻllarim“ (1985) telefilmi suratga olingan. Damita 1962-yilda Ayova shtatidagi sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nafaqadagi Dodj Allen Loomisga turmushga chiqdi.[10] Ular 80-yillarning oʻrtalarida ajrashishdi.[11]
Kambodjadagi fuqarolar urushi (Qizil kxmerlar hukmronligi) paytida uning oʻgʻli Shon Flin Time jurnali bilan shartnoma asosida mustaqil fotojurnalist boʻlib ishlagan, u va jurnalist Dana Stoun 1970-yil 6-aprelda Kambodjaning Pnompen shahridan janubda yoʻlda gʻoyib boʻlishgan.[12] Damita oʻgʻlini qidirish uchun juda koʻp pul sarflagan boʻlsa-da, Shon hech qachon topilmadi va 1984-yilda u qonuniy ravishda oʻlik deb eʼlon qilindi.
Oʻlim
tahrirDamita Altsgeymer kasalligidan 1994-yil 21-martda Florida shtatidagi Palm-Bich shahrida 89 yoshida vafot etdi.[13] U Ayova shtatidagi Fort-Dodjdagi Oklend qabristoniga dafn qilindi.[14]
Manbalar
tahrir- ↑ „La jeune fille de Blaye devenue star“.
- ↑ Tyler, Don. Hit Songs, 1900-1955: American Popular Music of the Pre-Rock Era (inglizcha). McFarland, 2007 — 374-bet. ISBN 9780786429462. Qaraldi: 2017-yil 9-may.
- ↑ Lil Damita, allmovie.com. Retrieved on 22 October 2016.
- ↑ Rode, Alan K.. Michael Curtiz: A Life in Film (inglizcha). University Press of Kentucky, 22-sentabr 2017-yil. ISBN 978-0-8131-7397-9.
- ↑ McNulty, Thomas. Errol Flynn: The Life and Career (inglizcha). McFarland, 7-may 2015-yil. ISBN 978-1-4766-0972-0.
- ↑ Jung, Uli. Beyond Caligari: The Films of Robert Wiene (inglizcha). Berghahn Books, 1999. ISBN 978-1-57181-156-1.
- ↑ Erickson. „The Cock-Eyed World“. Allmovie. Qaraldi: 8-avgust 2009-yil.
- ↑ „This Is the Night (1932)“ (inglizcha). BFI. Qaraldi: 9-iyul 2017-yil.
- ↑ Thomson, David. „No Mistakes“. The New York Review of Books (20-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2020-yil. „"(Curtiz) married one actress, Lucy Doraine, and had a lengthy affair with another, Lili Damita, before he married Bess Meredyth"“.
- ↑ „Lili Damita“ (inglizcha). Variety (25-mart 1994-yil). Qaraldi: 22-aprel 2020-yil.
- ↑ Eyman. „Tragic, tempestuous life of Palm Beach's forgotten star, Lili Damita“ (inglizcha). The Palm Beach Post. 11-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2020-yil.
- ↑ Brady, Brendan. http://content.time.com/time/world/article/0,8599,1983766,00.html. Qaraldi: 2020-04-22.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam); Missing or empty|title=
(yordam) - ↑ „Lily Damita; Star of Early Talking Films“ (inglizcha). Los Angeles Times (26-mart 1994-yil). Qaraldi: 19-aprel 2020-yil.
- ↑ Wilson, Scott. Resting Places: The Burial Sites of More Than 14,000 Famous Persons, 3d ed. (inglizcha). McFarland, 19-avgust 2016-yil. ISBN 978-1-4766-2599-7.