LinguaLeo
LinguaLeo (lotincha: Lingua — „til“, Leo — oʻyin shahsining ismi) — Ingliz tilini oʻrganish va amaliyot qilish uchun veb-servis. Servis kashfiyotchilari soʻzlariga koʻra 2012-yilning 1-oktabrida bu saytda 2.200.000 dan ortiq foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtgan, asosan Rossiya va MDH davlatlaridan.
Lingualeo | |
Muallif | Aynur Abdulnasirov |
---|---|
tashkil topdi: | 1-mart 2010-yil |
Yozilgan til(lar)i | ruscha |
Status | ishlayapti |
Janr | Veb-servis |
Vebsayt: | http://lingualeo.ru |
Bu servis „Ingliz tilini oʻrganishning etti siri“ degan loyiha asosida ish yuritadi va oʻz ichiga: „Maqom (motivatsiya) va istak, haqiqiy, autentik tilni oʻziga olish, andoza yasash va nusha koʻchirish, oʻzaro iqbollash, eng maqbul (optimum) intensivlik, omildorlik va muntazamlik“[1] larni oladi. Foydalanuvchining vazifasi — qiziqarli matnlarni tanlab, uni oʻzlashtirish va oʻziga nomaʼlum soʻzlarni belgilab, tarjimasini olish, mashgʻulotlarni bajarishdir. Bu loyihada „Arslon Leo“ shahsi ishlatilinib, loyiha oʻyin tarzida realizatsiya qilingan. 2012-yil 14-iyunda LinguaLeo kompaniyasi Rossiyaning venchur jamgʻarmasi Runa Capitaldan jami $3.000.000 xajmida venchur sarmoyalarini jalb qilishi toʻgʻrisida maʼlum qildi.
Tavsif
tahrirLinguaLeo veb-servisi foydalanuvchilari video, audio va matnli materiallar uyumidan foydalanish huquqiga ega. Bularga: interfaol (interaktiv) mavzuga oid kurslar (video va grammatika); shaxsiy lugʻat, mashgʻulotlar toʻplami (tovushlantirish, krossvord, soʻzlar tarjimasi); mavzuga oid soʻzlar izohi; hamda til oʻrganishda boʻlayotgan va boʻlishi mumkin boʻlgan tarraqqiyot aks ettirilgan rivojlanish jurnali kiradi. iPhone[2] yoki WinPhone[3] uyali telefon egalariga bepul ilovalaridan foydalanishga ham imkoniyat yaratilgan.
Tarix
tahrir- Oktabr 2009-yil: Moskva, Kirov va Perm shaharlaridan 5-ta odam Ko Chang[4] oroliga ingliz tilini organish uchun onlayn servis ochish fikrini amalga oshirish uchun keldi.
- Mart 2010-yil: LinguaLeo servisining beta-talqini (beta-versiya) ishga tushirildi. Guruh Moskvaga qaytadi.
- May 2010-yil: Pul tanqisligi tufayli, servis yarim yilga toʻxtab qoldi.
- Noyabr 2010-yil: Guruh $200.000 sarmoyasiga taklif oldi.
- Mart 2011-yil: 90.000 foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtdi.
- Noyabr 2011-yil: 500.000 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi.
- Dekabr 2011-yil: LinguaLeo „Yil Startap“i[5][6]. mukofoti tanlovidagi „Dunyo miqiyosidagi startap“ naminatsiyasida finalga chiqib, „Tomoshabinlar tanlovi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.
- Yanvar 2012-yil: iPhone uchun ilova chiqdi.
- Mart 2012-yil: 1.000.000 foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtdi va loyihaning ikki yilligi.
- May 2012-yil: 1.500.000 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi. WinPhone uchun ilova chiqdi.
- Iyun 2012-yil: Runa Capital bilan bitim tuzildi. Veb-servisni rivojlantirish uchun kompaniya $3.000.000 jalb qilish oʻngidan keldi.
Jalb qilingan mablagʻlar veb-servisni yanada rivojlantirib halqoro sathga chiqishga yoʻnaltiriladi.
Manbalar
tahrir- ↑ 7 секретов изучения английского языка, 2012-12-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26
- ↑ КоммерсантЪ TOP-100 Mobile Apps Pack: Apple iOS
- ↑ Nokia Conversations Software pack 40, 2014-10-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26
- ↑ Forbes: «Стартап в Москве — дороже, банальнее и никакой романтики», 2015-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 26 (yordam) - ↑ Премия «Стартап года» 2011, 2012-11-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26
- ↑ Mskit: Lingualeo стал лауреатом премии «Стартап года» 2011 в номинации «Выбор зрителей» и финалистом премии в номинации «Глобальный стартап»
Havolalar
tahrir- LinguaLeo Sayti (Wayback Machine saytida 2012-11-29 sanasida arxivlangan)