Liu Yu (1975-yil 24-dekabrda Xitoyda tugʻilgan) – xitoylik yozuvchi va siyosatchi olima hisoblanib u Pekin Tsinghua universitetida siyosiy fanlar boʻyicha professor-oʻqituvchisi boʻlgan. Xitoy liberalizmidagi taniqli notiq ayol boʻlib, Liu’ning „Details of Democracy“ kitobi, Amerika demokratiyasi faoliyatiga Xitoy auditoriyasini tanishtirish mafkuraviy harakatining ijodiy va yaxshi yozilgan poydevori sifatida eʼtirof etilgan[1].

Liu Yu
An Asian woman with short cropped hair smiling at the camera, wearing a zebra-stripe scarf
2010-yilda Liu
Tugʻilgan yili va joyi 1975-yil 24-dekabr (48 yosh)
Millati Xitoy
Taʼlimi Xitoy Renmin universiteti (BA) Kolumbiya universiteti (PhD)
Kasbi Yozuvchi, siyosatshunos
Faoliyat yillari  2000-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Zhou Lian [zh]

Hayoti va faoliyati

tahrir

Liu 1975-yil 24-dekabrda Xitoyning Jiangxi shtatining Poyang County shahrida tavallud topgan[2]. U 1996-1999-yillarda Pekinning Xayidian tumani Renmin universiteti tomonidan siyosiy fanlar boʻyicha bakalavr va magistr darajalarini olgan. 2000-yildan 2007- yilgacha Liu AQShda yashagan, u yerda Kolumbiya universiteti tomonidan siyosiy fanlar boʻyicha doktorlik darajasini qoʻlga kiritgan va Xitoy tadqiqotlari uchun Fairbank markazida Harvard universiteti postdoktorlik tadqiqotchisi boʻlishga muvaffaq boʻldi. 2007-yildan 2010-yilgacha u Kembridj universitetida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullangan[3].

Liu 2000-yildan boshlab onlayn ravishda siyosat haqida blog yuritishga va keng muhokamalar olib borishga kirishdi. U 2000-yillarning dastlabki yillarida veb-fiksiya yozuvchi sifatida paydo boʻldi, 2003-yilda „Lonely as a Planet“ (孤独得像一颗星球) romanini seriallashtirdi va mazkur ishining amerikalik internet oʻquvchilar orasida mashhur boʻlishiga sabab boʻldi[4]. „Lonely as a Planet“ va uning keyinchalik chop etilgan asarlari „So, Where is Love?“ Xitoyda nashr etilgan va bu dastlab aholi tomonidan juda ham yaxshi qabul qilinmagan. 2004-yildan boshlab u „Shukkan piyano“ (醉钢琴) nomli xitoy ommaviy axborot vositalarida siyosiy sharhlar yoza boshladi. Liu „beʼmani, jahldor yosh“ yozuvchi sifatida yuksak obroʻ-eʼtibor qozongan va katta muxlislarni oʻziga jalb qilgan. Shuningdek, Liuning yozish uslubini sharhlovchilar ayol yozuvchi uchun noodatiy uslub deya izohlashgan. Shunga qaramay, Liu ommaviy axborot vositalarining eʼtiboridan oʻzini chetga oladi va muxlislar bazasini izlashni „uyat“ deb atay[4].

Muvaffaqiyatga erishishi va akademik faoliyati

tahrir

2009-yilda Liu Demokratiya tafsilotlari nomli asarini nashr etdi. Ushbu kitob uning blogida Amerika demokratiyasi haqida yozilgan maqolalardan tashkil topgan boʻlib, kitobning maqsadi Xitoy auditoriyasiga demokratiyaning kundalik mexanizmlarini tanishtirish edi. Liu jarayonlarni murakkab atamalar bilan emas, balki oddiy hikoyalar va anekdotlar orqali tushuntirishga harakat qildi. Demokratiya Tafsilotlari" bestsellerga aylanishi bilan Liu mashhur boʻlib, „Xitoyning ''de Tokvili“ degan laqabni oldi.[5] Kitob, Xitoyda demokratiyani qoʻllab-quvvatlagani uchun, oʻzining „ijodiy ishora, bilvosita maʼlumotlar va ironiya bilan bezatilgan“ tili tufayli, Xitoy Kommunistik Partiyasi tomonidan taqiqlanishdan qochgan holda keng tarqaldi. Liu Amerika haqida aytgan fikrlari Volterning Xitoyga boʻlgan qarashlari bilan taqqoslandi, chunki ikkala shaxs ham oʻz vatanlarida yetishmaydigan qadriyatlarni chet el imperiyalarida topishgan[6].

2010-yilda Liu Tsinghua universitetida siyosatshunoslik boʻyicha professorlik darajasiga koʻtariladi. Ushbu universitet Osiyodagi eng nufuzli taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan[7][8]. Liu tez orada "Xitoyning eng mashhur Amerika kuzatuvchisi sifatida tanildi va Xitoy liberalizmining yuzlaridan biriga aylandi[9]. 2000-yillarning oxirida va 2010-yillarning boshida Liu Xitoyning demokratlashuvi haqida optimistik qarashlarni bildirdi va kelajak oʻn yil ichida katta demokratiyaviy oʻzgarish boʻlishini bashorat qildi. Ammo uning kutganlariga zid ravishda, Xitoy 2010-yillarda yanada autoritar boʻlib borishi, uning faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi[10]. Liu uchun maʼruzalar oʻtkazish yoki oʻz pozitsiyalarini oʻrgatish imkoniyatlarini chekladi. U Ian Jonsonga bergan intervyusida bu holatni hukumat senzurasining taʼsiri sifatida izohlagan, ammo bu „Internet Bahori“ning toʻliq magʻlubiyati deb qaralmay, Xitoyning 2000-yillardagi liberalizmining barcha taʼsirlari hali toʻliq kuzatilmaganligini taʼkidlagan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Liu Xitoyning Renmin universitetida muallif hamda falsafa fanlari boʻyicha professor hisoblangan Zhou Lian [zh] bilan turmush qurgan. Garchi juftlikning ikkala aʼzosi ham taniqli akademiklar boʻlsa-da, odamlar ularning shaxsiy hayoti haqida muhokama qilishidan qochishga harakat qilishadi va jamoat oldida chiqish qilishdan saqlanish toʻgʻrisida kelishuvga erishishgan[11]. Shuningdek, mazkur juftlikning bir nafar qizi bor[12].

Tanlangan nashrlari

Maqolalari

tahrir
  • Liu Yu (2020), „第三波民主化浪潮的进展与困境:民主稳固与民主衰退“ (Progress and dilemmas of the third wave of democratisation: democratic solidity and democratic decline), 探索与争鸣 (Tadqiqot va bepul ko'rish uchun), vol. 10
  • Liu Yu (2018), „后现代化与乡愁:特朗普现象背后的美国政治文化冲突“ (Postmodernisation and nostalgia: the American political and cultural conflict behind the Trump phenomenon), 美国研究 (Amerika tadqiqotlari), vol. 6
  • Liu Yu (2017), „Lessons of new democracies for China“, Journal of Chinese Political Science
  • Liu Yu (2017), „民主转型与政治暴力冲突的起落:以印尼为例“ (The rise and fall of democratic transition and violent political conflict: the case of Indonesia), 学海 (Bimestris Akademiyasi), vol. 2
  • Liu Yu (2017), „Is there a tradeoff between democratization and stability?“, Social Science Quarterly, vol. 98, no. 5
  • Liu Yu (2016), „The state with a surname“, Journal of Chinese Governance, vol. 1, no. 3[3]

Kitoblari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Johnson. „How to Be a Chinese Democrat: An Interview with Liu Yu“. The New York Review of Books (2015-yil 3-fevral). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  2. Liu. „刘瑜“ (zh). Douban (2011-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  3. 3,0 3,1 „教师详细信息“. Tsinghua University (2020). 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  4. 4,0 4,1 Tan. „海外知道分子“ (zh). New Weekly (2009). 2012-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Johnson. „How to Be a Chinese Democrat: An Interview with Liu Yu“. The New York Review of Books (2015-yil 3-fevral). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  6. Dirks. „Details of Democracy 民主的细节 by Emile Dirks“. China Open Research Network at the University of Toronto (2015-yil 27-yanvar). 2021-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  7. „教师详细信息“. Tsinghua University (2020). 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  8. „Tsinghua University“. Times Higher Education (2021). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  9. Johnson. „How to Be a Chinese Democrat: An Interview with Liu Yu“. The New York Review of Books (2015-yil 3-fevral). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  10. "Why China Will Democratize". Washington Quarterly 35 (1): 41–63. 16 December 2011. doi:10.1080/0163660X.2012.641918. 
  11. Staff writer. „周濂 我知道的和我所相信的“ (zh). Dooland. 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  12. Li. „如何评价清华教授刘瑜,到底是大师还是公知?“. NetEase (2021-yil 24-fevral). Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
  13. „教师详细信息“. Tsinghua University (2020). 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.