Lochinsimonlar
Lochinsimonlar (Falconidae) - yirtqich qushlar turkumining bir oilasi. 58 turi maʼlum. Tumshugʻi oʻtkir. Qanotlari uzun va kambar, ilik suyagi kalta, barmoqlari uzun. Nari bilan modasining rangi oʻxshash. Baʼzi turlari uya quradi. 2—6 ta tuxum qoʻyadi. Antarktidadan tashqari, hamma hududlarda tarqalgan. Mayda sut emizuvchiyaar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va kuruklikda yashovchilarni qirib foyda keltiradi.[1]
Lochinsimonlar | |
---|---|
Malla lochin (Falco berigora) | |
Biologik klassifikatsiya | |
| |
Lochin Linnaeus, 1758 | |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |