John Locke , Ingliz faylasufi hamda liberalizm asoschisi (29-avgust 1632 – 28-oktyabr 1704). Asosiy falsafiy asari „Inson aqli toʻgʻrisida tajriba“ (1690) inson bilimlarining kelib chiqishi, turlari va imkoniyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. John Locke „tugʻma gʻoyalar“ va axloq tamoyillari haqidagi nazariyalarni tanqid qilib, barcha gʻoyalar 2 asosiy manba; tashqi tajriba (sezgi) va ichki tajriba (refleksiya) dan kelib chiqadi, deydi. Locke taʼlimotiga koʻra, tashqi tajribaning manbai sezgi aʼzolarimizga taʼsir etuvchi obektiv reallik, ichki tajribaning manbai esa kishining ichki hissi va kechinmalaridir. John Locke oʻzining davlat haqidagi taʼlimotida davlat faoliyati eng zaruriy narsalar bilan cheklanishi va xalq, suvereniteti asosidagi konstitutsiyaviy hukumat boʻlishi lozim, deb hisobladi. Bu hukumat barcha uchun ozodlik va teng huquqlilikni kafolatlashi kerak. Shuningdek, hokimiyat boʻlinishi lozim. Locke axloqiy qarashlarida sensualistik asoslarga tayandi. Pedagogikaga oid „Tarbiya haqida baʼzi fikrlar“ (1693) asarida tashqi muhitning tarbiyaga hal etuvchi taʼsirini taʼkidladi. Diniy mutaassiblikka qarshi chiqib, din erkinligiga daʼvat etdi. Diniy bagʻrikenglikka toʻrt maktubini bagʻishlagan boʻlib, ushbu maktublar 1689, 1690, 1692 va 1706-yillarda nashr etilgan). John Lockening ijtimoiy-siyosiy konsepsiyasi tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma nazariyasiga tayanadi. U assotsiativ psixologiyaning asoschisi. Lockening gʻoyalari Yevropa falsafiy va ijtimoiy-siyosiy tafakkuri tarixida katta rol oʻynadi.

John Locke

Lokk portreti, 1697
Tavalludi 29 avgust (8-sentyabr) 1632
Vrington, Somerset, Angliya
Vafoti 28 oktyabr (8-noyabr) 1704
High Laver, Essex, Angliya
Fuqaroligi Kingdom of England[1][2]
Taʼlimi Kristian cherkovi, Oksford (BA, 1656; MA, 1658; MB, 1675)
Kasbi Ingliz faylasufi va shifokori
Otasi John Locke
Onasi Agnes Keene

Adabiyotlar

tahrir



Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir