Lola Badalova
Lola Badalova (1928-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 25-sentyabr 1991-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek aktrisasi, dublyaj artisti. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist[1][2].
Lola Badalova | |
---|---|
Tavalludi |
1928-yil |
Vafoti |
25-sentyabr 1991-yil (63 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktrisa |
Yoʻnalish | Teatr va kino aktrisasi |
Mukofotlari |
Hayoti va taʼlimi
tahrirLola Badalova Toshkent shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabni tamomlaganidan keyin 1945-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi qoshidagi kino aktyori maktab-studiyasini ham bitirgan. Keyinchalik A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)ga oʻqishga kiradi va uni 1951-yilda „Dramatik teatr va kino aktyorligi“ yoʻnalishi boʻyicha yakunlagan[1].
Faoliyati
tahrirLola Badalova aktrisalik faoliyatini 1946-yilda Hamza nomidagi davlat drama teatridan boshlagan. Ushbu teatr sahnasida yuzga yaqin rollarni ijro etgan[1].
Kinodagi faoliyati Nabi Gʻaniyev rejissyorlik qilgan „Tohir va Zuhra“ (1945-yil) filmidagi epizodik roldan boshlangan. Ilk katta roli G.Kozintsev va L.Trauberglar rejissyorligidagi „Boʻron“ filmida Lola roli boʻldi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Lola Badalova (1928)“. dsmi.uz (2023-yil 3-iyun). Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
- ↑ „Лола Бадалова“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
Havolalar
tahrir- Lola Badalova IMDbda
- Lola Badalova Splayda[sayt ishlamaydi]
- Lola Badalova Кино-театр.ру'da