Lolazor (roman)
Lolazor — yozuvchi Murod Muhammad Doʻst tomonidan 1988-yilda yozilgan roman. Roman 80-yillarda ogʻir davrlarni boshidan kechirayotgan Sovet davlatida yuz bergan turgʻunlik davri haqida hikoya qilib beradi. Ayni paytda bu roman Hamza nomidagi davlat mukofotiga loyiq koʻrilgan[1]. Roman 2021-yilda Yangi Asr Avlodi nashriyoti tomonidan 669 betli qattiq muqovada kirill alifbosida chop etildi. So'nggi marta 2023-yilda Pharos Ambition nashriyoti tomonidan 672 betli qattiq muqovada lotin alifbosida 2 000 nusxada chop etildi.
2021-yilgi nashri | |
Muallif(lar) | Murod Muhammad Doʻst |
---|---|
Muharrir(lar) | Feruza Quvonova |
Muqova artist(lar)i | Surayyo Ahmedova |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi |
1988 2021 |
Nashriyot |
Yangi asr avlodi (2021-yil) Pharos Ambition (2023-yil) |
Sahifalar soni |
669 (2021-yil) 672 (2023-yil) |
Mukofot(lar) | Hamza nomidagi davlat mukofoti (1990) |
ISBN | 978-9943-20-822-3 |
Yozilish tarixi va mavzusi
tahrirAsarda sovet davrining soʻnggi yillariga kelib kuchaygan turgʻunlik davri va u olib kelgan iqtisodiy hamda maʼnaviy tanazzulning oʻsha davrda yashagan insonlar hayotida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq jarayonlar koʻrsatib berilgan. Roman 1988-yilda chop etilgan boʻlib, 1990-yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga loyiq deb topilgan[2].
Asar qahramonlari
tahrirNazar Yaxshiboyev, Xorun Kalonov, Oliya, Muhsina, Saidqul Mardonov va boshqalar.
Manbalar
tahrir- ↑ „Bugun taniqli yozuvchi Murod Muhammad Do'st 72 yoshni qarshiladi“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Mashhura Sheraliyeva. Murod Muhammad Do’stning «Lolazor» romani haqida. | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.