Louvre
48°51′40″N 2°20′9″E / 48.86111°N 2.33583°E Luvr (fransuzcha: Musée du Louvre) — dunyoning eng yirik badiiy muzeylaridan biri. Avval qirollar qasri boʻlgan Luvrning binosi Parijning markazida, poytaxtning 1-munisipal okrugida joylashgan.
Luvr Musée du Louvre | |
---|---|
Asos solingan sana | 1793 |
Joylashuvi | Palais Royal, Musée du Louvre, 75001 Paris, France |
Keluvchilar soni | 7 300 000 (2005) |
Direktor | Henri Loyrette |
www.louvre.fr |
Luvr (Louvre) — jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur meʼmoriy yodgorlik — sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. Louvre fondini sobiq qirollik toʻplami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan toʻplamlari tashkil qildi; Napoleon yurishlarida qoʻlga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, koʻplab hadya qilingan sanʼat asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 boʻlimdan iborat: tasviriy va amaliy sanʼat, qaykaltaroshlik (oʻrta asrlar, Uygʻonish davri, keyingi davr), Yunon va Rim yodgorliklari, Kad. Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari. Bular orasida Sharq yodgorliklari dunyo boʻyicha muhim ahamiyatga ega; fransuz sanʼati (ayniqsa, kartinalar galereyasi) juda mukammal. Louvreda jahonga mashhur (Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubens va boshqalar) nodir sanʼat asarlari toʻplangan. Muzey ekspozitsiyasi xronologik tartibda va milliy maktablar tarzida, hadya etilgan yirik xususiy toʻplamlar alohida joylashtirilgan.
Louvre binosi Parijning tarixiy qismidagi asosiy meʼmoriy yodgorlik boʻlib, 13-asr boshi — 14-asrlarda eski qasr oʻrniga qurilgan. 1546—74 yillarda meʼmor P. Lesko renessans usulida saroy qurgan, haykaltaroshlik bezaklarini J. Gujon ishlagan. Binoni kengaytirish va qayta qurish (J. Lemersye, 1624-yildan; L. Levo, 1661—64; K. Perro, 1667—74; L. Viskonti va E. Lefyuel, "Yangi Louvre", keyinchalik Kartinalar galereyasi) 20-asrning oxirlarigacha davom etdi.[1]
Tarix
tahrirIlk marotaba muzey eshiklari omma uchun Fransuz Revolutsiyasi davrida 1793-yili 8-noyabrda ochilgan. Uning minglab kartina va haykaltaroshlik namunalari ichida Gioconda (Mona Lisa), Milosslik Venera, Samofrakiyalik Nika kabi mashhur asarlar, Rembrandt, Tizian va Leonardo da Vinci kartinalari bor.
1989-yili qasr oʻrtasiga I. M. Pei yaratgan shisha piramida qoʻshiladi.
Qurilishi
tahrirLuvr uch asosiy galereyadan iborat — Syulli, Rishelyo va Denon.
Kolleksiya
tahrirAntik sanʼat
tahrirQadimiy Misr
tahrir-
Aménophis III
Havolalar
tahrir- Muzeyning rasmiy sayti (frans.)
- La Cour du Louvre (Wayback Machine saytida 2011-11-17 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2011-11-17 sanasida arxivlangan) Virtual Panorama (QTVR small) par Tolomeus
- Suratlar va Videolar (frans.)
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |