Lucien Baudens
Lucien Jan-Baptiste Bodens (fransuzcha: Jean Baptiste Lucien Baudens 1804-yil 3-aprel, Er-sur-la-Lis-1857-yil 27-dekabr vafoti, Parij) - fransuz harbiy jarrohi.
Lucien Baudens | |
---|---|
Jean Baptiste Lucien Baudens | |
Tavalludi |
Jean Baptiste Lucien Baudens 1804-yil 3-aprel Fransiya, Ayr-syur-la- Lis |
Vafoti | 1857-yil 27-dekabr |
Fuqaroligi | Fransiya |
Kasbi | Xirurg, vracha |
Biografiyasi
tahrirLucien Baudens 1804-yilning 3-aprelida Fransiyaning shimolidagi Ayr-syur-la- Lis shahrida choyshab savdosi bilan shugʻullanuvchi Jean-Louis Baudens va Mari-Adelaida Baklen[1] oilasida Fransiya konsulligining oxirlarida, Napoleon Ining Birinchi imperiyasidan bir oy oldin tugʻilgan.
Fransiya Qurolli Kuchlari tibbiy xizmatining Strasburg universitetida, keyin Parijda (Val de Greys harbiy gospitali) tibbiyot bo'limida o'qiydi. 1829-yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini oldi[2]. U 1830-yilda general Per Bertezin bilan birga Fransiya armiyasining Konstantin, Medeya, Maskara, Tlemsen va Milyanani qo'lga kiritishda qatnashganidan keyin Fransiyaning Jazoirni bosib olishida ishtirok etdi. Lucien Baudens Afrika armiyasida o'n yil xizmat qilgan va sakkiz marta Armiya korpusi ordeni bilan taqdirlangan. 1831-yilda u Faxriy legion ritsariga, 1835-yilda esa ofitserga aylandi.
1832-yilda u fransuz harbiy gospitalini turk kazarmasidan Husayn IIIning dala uyiga koʻchirdi va uni harbiy-o'quv gospitaliga, keyinchalik harbiy tibbiyot bilim yurtiga aylantirdi. 1836-yilda kasalxona yopildi va Lucien Baudens Fransiyaga qaytdi. U dastlab Lillga keldi, keyinroq uni Val-de-Greys harbiy gospitaliga professor etib tayinlandi. 1852-yilda u bosh inspektor etib tayinlandi[3].
1837-yilda u harbiy jarroh uchun zarur bo'lgan ikki tomonlama tajribani ortirgan edi: jang maydonida va kasalxonada[4]. Lucien Baudens erta amputatsiyalar tarafdori edi[4]. U birinchi bo'lib "mandibulyar sinishni davolash uchun dumaloq simlar tushunchasini" ta'riflagan[5].
1853-yilda Fransiya Fanlar akademiyasida u xloroformdan to'g'ri foydalanishni ta'minlashning asosiy tamoyillari va qonun-qoidalarini belgilab berdi va bu preparatni harbiy jarrohlikda eng samarali va muvaffaqiyatli deb hisobladi[6].
1855-yilda Qrim urushi paytida u marshal Vaillant tomonidan mutaxassis sifatida urushga yuborilgan. Uning vazifasi armiyaning tibbiy xizmatini tekshirish va harbiy kasalxonalar va tez yordam mashinalarining holati to'g'risida dalolatnoma tuzish edi. U urushda yarador va kasal askarlarga yordam berdi, xizmat korpusiga qarshi chora ko'rdi, yaradorlar va tif bilan og'rigan askarlarni ajratib chiqdi[7].
Uning ta'kidlashicha, Perda vafot etgan 46 ofitserdan 42 nafari kasallikdan vafot etgan. Uning yozishicha, 1855-yil 16-avgustda Qora daryodagi jangdan keyin jang maydonida qolgan 8 ming yarador rus askariga fransuz shifokorlari va hammollari yordam bergan. Ammo ularning safdoshlari ularni dushmandan ajratolmay, ularga artilleriya bilan hujum qilishdi. Keyin u barcha tibbiyot xodimlariga boshqalardan farqlovchi belgili maxsus kiyim kiyishni taklif qildi. Agar iloji bo'lsa, barcha davlatlar uchun bir xil maxsus kiyimni joriy qilishni taklif qilgan. Ammo bu taklif qabul qilinmadi va uning fikri unutildi[8].
U xloroformdan 25 000 dan ortiq yaradorlarni (barcha kasallarning 8% dan ortig'ini) davolashda muvaffaqiyatli qo'llaganini ma'lum qildi[9].
Lucien Baudensning o'zi tif bilan kasal bo'lib, Parijga qaytib, 1857-yil 27-dekabrda 53 yoshida vafot etdi.
Mukofotlari
tahrir- Faxriy legion ordeni qo'mondoni(1855-yil 11- avgust);
- Medjidiya ordeni katta ofitseri;
- Mudofaa vazirligining sog'liqni saqlash boshqarmasi a'zosi;
- 1997-yilda yopilgan Burjdagi harbiy gospital uning nomi bilan atalgan[2];
- Unga atab rassom Filipp Poitevin tomonidan Parij armiyasining salomatlik muzeyida yaratilgan byust[10].
Manbalar
tahrir- ↑ „Base de données Léonore (Légion d'honneur)“ (fr). Archives nationales. 2019-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 Narboux. „Hôpital Baudens de Bourges“ (fr). 2016-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ Le Minor, Jean-Marie (2005). „Les anatomistes d'Alger durant la période coloniale française (1830-1962)“ (PDF). Histoire des Sciences Médicales (fransuzcha). 39-jild, № 4. 385–396-bet. 2020-09-27da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2022-04-05.
- ↑ 4,0 4,1 Rigal, S. (2008). „Chirurgie militaire et blessés des membres“. Médecine et Armées (fransuzcha). 36-jild, № 5. 1–10-bet. 2022-01-26da asl nusxadan (pdf) arxivlandi. Qaraldi: 11-dekabr 2015-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Sen, Ranajit. Fractures of Mandible. Jaypee Brothers Publishers, 1-yanvar 2003-yil. ISBN 9788180611247. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Fèvre, G. (18-mart 2008-yil). „Règles pour l'anesthésie selon Baudens“. Histoire de l'anesthésie et de la réanimation (fransuzcha). 2015-09-24da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-dekabr 2015-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Souvenirs d'un homme ordinaire (fr), 14-avgust 2013-yil. ISBN 9782322032815.
- ↑ Bugnion. „Red Cross, Red Crescent, Red Crystal“. International Committee of the Red Cross. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
- ↑ Howat, D.D.C. (October 1998). „French and British Anaesthesia in the Crimea - A comparison“ (PDF). Proceedings of the History of Anaesthesia Society. 27–32-bet. 2021-05-06da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 13-dekabr 2015-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Baudens, Jean Baptiste Lucien (1804-1857)“. Bibliothèque interuniversitaire de santé. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.