Luzmila Carpio (1954-yil 20-dekabrda tavallud topgan) boliviyalik qoʻshiqchi va bir qancha qoʻshiqlar muallifi. Ispan va kechua tillarida ijod qiladi. Luzmila Carpio, shuningdek, 2006-yildan 2010-yilgacha Boliviyaning Fransiyadagi elchisi lavozimida faoliyat olib borgan[1].

Luzmila Carpio
Tavalludi 1954-yil 20-dekabr
Qala Qala, Boliviya
Fuqaroligi Boliviya
Veb-sayt https://www.luzmilacarpio.tv/

Hayoti

tahrir

Luzmila Karpio 1954-yil 20-dekabr sanasida Oruro departamentining Qala Qala shahrida dunyoga kelgan[2].

Yoshlik chogʻindanoq Carpio Boliviyaning Altiplanosida yashovchi Kechua xalqining va Aymara indeyslarining mahalliy qoʻshiqlarini oʻrgangan. 11 yoshga toʻlganida Boliviyaning Oruro shahriga har yakshanba kuni bolalarga mikrofonni qoʻlga olish imkoniyatini beradigan radio shousida qoʻsh kuylash masqadida boradi, biroq Karpio qoʻshiq aytishni boshlaganida, pianinochi unga baqirib: „¡Esto lo cantan los indios! ¡Vuelve cuando sepas cantar en castellano!“ deydi. Tarjimasida pianinochi Carpioni hinducha kuylashini tandiq qilgan va ispancha kuylashni oʻrganmagunicha qaytmasligini aytgan. Bundan soʻng Karpio yigʻlab studiyadan chiqib ketadi, ammo kelasi yakshanba yana qayta kelishga qaror qiladi[3].

Faoliyati

tahrir

Yoshlik paytida Carpio Oruro shahriga koʻchib oʻtgan va shu shaharda oʻz qoʻshiqlari orqali oʻzini namoyon qila boshlagan. Bir kuni radio stantsiyasiga borib, ispan tilida bilgan yagona qoʻshigʻi boʻlgan Boliviya davlat madhiyasini kuylagan. Keyinchalik u Cochabamba munitsipalitetidagi tanlovda qatnashgan musiqiy guruh tomonidan bosh qoʻshiqchi sifatida tanlangan. Mahalliy xalq uchun ham ommabop musiqalar kuylagan. Shimoliy Potosí xalqalari musiqalaridan ilhomlanib bir qancha musiqalar yozgan. Uning tomonidan ijro etilgan musiqalar tub aholi orasida keng ommalashgan hamda muvaffaqiyatga erishgan birinchi chinakam mahalliy hinducha qoʻshiqlardan biri boʻlgan.

1980-yillarning oxirida Luzmila Carpio musiqiy faoliyatini davom ettirish va qoʻshiqchi sifatida jiddiy qabul qilinishi uchun Parijga sayohatni amalga oshirgan. Boliviyaning UNESKOdagi sobiq elchisi Sergio Cáceresning soʻzlariga koʻra, „Luzmilla Boliviyada bir vaqtning oʻzida indeys boʻlgani va ayol boʻlgani sababli ham irqchichilik davrida ikki tomonlama diskriminatsiyaga uchragan. Luzmila Carpio mahalliy anʼanalar folkloridan ham chuqurroq narsani yaratdi. Uning musiqalari mazlumlikning ramzi“.

2006-yil 21-aprel kuni prezident Evo Morales Luzmila Carpioni Boliviyaning Fransiyadagi elchisi etib tayinlagan[4]. Carpio bu lavozimda toʻrt yil, 2010-yil 31-mart sanasiga qadar faoliyat olib borgan[5].

Yuyay Jap’ina Tapes Rolling Stone jurnalining 2015-yildagi sonida 10 ta eng yaxshi lotincha musiqa albomlaridan biri deb topib, Carpio „ehtimol Janubiy Amerikadagi eng sermahsul mahalliy qoʻshiqchisi“ deb atalgan[6][7].

2015-yilda ZZK Records oʻz musiqasini remiks qilgan va „Luzmila Carpio meets ZZK“ albomini yaratgan, bu albom tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan va Vice jurnali tomonidan ushbu albom „futuristik shamanizm“ va France Internationale radiosi tomonidan esa „anʼana va futurizm, oʻtmish va yangi zamon, organik tovushlar va raqamli aloqalarning yigʻindisi“ deb taʼriflangan[8][9].

Ishlari

tahrir
  • Chants des Indiens Quechua de Bolivie (Francia, 1983-yil)
  • Indianische Stimme (1988-yil)
  • Huayños (1989-yil)
  • Vida para los niños (1991-yil)
  • Warmikunapax (1993-yil)
  • Yayay Jap’ina (1994-yil)
  • Oratorio Andino Amazonico
  • The Messenger Kuntur Mallku (2003-yil)
  • Arawi: The Spirit of the Andes (2004-yil)
  • Song of the Earth and Stars (2004-yil)
  • Luzmila Carpio Live. En concierto (2005-yil)
  • Yayay Jap’ina Tapes (2014-yil)
  • Inti Watana (El Retorno del Sol) (2023-yil)

Manbalar

tahrir
  1. „Singer Luzmila Carpio becomes ambassador“ (es) (2006-yil 22-aprel). 2006-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „"El País" de España destaca la trayectoria de Luzmila Carpio“ [Spain's "El País" traces the path of Luzmila Carpio] (es) (2018-yil 24-iyul).
  3. „"El País" de España destaca la trayectoria de Luzmila Carpio“ [Spain's "El País" traces the path of Luzmila Carpio] (es) (2018-yil 24-iyul).
  4. „Singer Luzmila Carpio becomes ambassador“ (es) (2006-yil 22-aprel). 2006-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „"El País" de España destaca la trayectoria de Luzmila Carpio“ [Spain's "El País" traces the path of Luzmila Carpio] (es) (2018-yil 24-iyul).
  6. „How Luzmila Carpio Became Quechua's Global Music Ambassador“ (2016).
  7. „Official Website press“ (es). 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  8. „Official Website press“ (es). 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  9. „Album review: Luzmilla Carpio meets ZZK“ (2015-yil 23-fevral). 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.