Lyao (Kidan imperiyasi) — Xitoyda 907—1125-yillarda mavjud boʻlgan davlat boʻlib, kidan xalqining Yelyuy urugʻi tomonidan boshqarilgan. Tang sulolasining qulashi davrida tashkil etilgan. Hozirgi shimoli-sharqiy Xitoy, Moʻgʻuliston, Koreya yarim orolining shimoliy qismi, Rossiya Uzoq Sharqining janubiy qismlarini o‘z ichiga olgan[1]. Davlatga Yelyuy Abaoszi tomonidan asos solingan va 916-yildan imperiya maqomiga ega bo‘lgan. Xoqonlar tomonidan olib borilgan istilochilik urushlari natijasida Manjuriyadagi Boxay davlati, Mo‘g‘uliston, hozirgi Pekin va Xebeyning bir qismidagi „16 viloyat“ ushbu davlat tarkibiga qo‘shib olingan. Markaziy Xitoydagi sulolalar bilan uzoq muddatli urushlarda so‘ng, har ikki tomon Shanyuan shartnomasini ishlab chiqqan. Shartnoma orqali Lyao sulolasi o‘zini Shimoliy Sung imperiyasi tomonidan teng davlat sifatida tan olinishiga majbur qilgan va ikki davlat oʻrtasida taxminan 120 yil davom etgan tinchlik va barqarorlik davrini boshlangan. Lyao imperiyasi butun Manjuriyani nazorat qilgan birinchi davlat edi. Lyao sulolasi jurchen qabilalarining Szin sulolasi tomonidan 1115—1125-yillarda to‘laligicha bosib olingan va tugatilgan. Biroq, imperator xonadoniga mansub sarkarda Yelyuy Dashi boshchiligidagi Lyaoning sodiq tarafdorlari Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Movarounnahr hududlarida Gʻarbiy Lyao sulolasi (Qoraxitoy xonligi)ga asos solganlar. Lyao sulolasi bilan bogʻliq madaniy yutuqlar salmog‘i kengdir. Muzeylar va boshqa kolleksiyalarda turli xil haykaltaroshlik va boshqa artefaktlar mavjud[2].



Manbalar

tahrir
  1. Sinor D. The Kitan and the Kara Khitay // History of civilizations of Central Asia. Vol.4, The age of achievement: A.D. 750 to the end of the fifteenth century (Part One: The historical, social and economic setting). Paris: UNESCO Publishing, 1998 — 242-bet. 
  2. Kradin N.N., Ivliev А.L. Istoriya kidanskogo imperii Lyao (907—1125). Moskva: Nauka, 2014 — 245-bet.