Jean-Baptiste Lull (asl ismi: Jovanni Battista Lulli; 1632. 28.11, Florensiya – 1687.23.3, Parij) – fransuz kompozitori, musiqiy klassitizim uslubining yirik namoyandasi. 14 yoshidan Parijda yashab, musiqadan saboq olgan. 1653-yildan Lyudovik XIV saroyida kompozitor, 1672-yildan Parijdagi „Qirol musiqa akademiyasi“ (keyinchalik „Grand opera“ teatri)ning rahbari. „Lirik tragediya“ janrini yaratib, milliy opera hamda „fransuz uvertyurasi“ga asos solgan. Asarlari musiqiy mavzular yorqinligi va ifodaviyligi, kompozitsion mukammalligi, garmoniya va ritmik vositalarining ravshanligi, koʻtarinki ruhda yaratilgan vokal kuylarning maʼnodorligi bilan ajralib turadi. Antik mavzularga asoslangan opera („Kadm va Germioka“, „Alsesta“, „Tezey“, „Persey“, Armida" va boshqa, 1673 – 86), operabaletlar („Sevgining gʻalabasi“, 1681; „Tinchlik dargohi“, 1685 va boshqalar), divertisment, cholgʻu kuy, ariya, qoʻshiqlar, liniy musiqa asarlari muallifi[2].

Jan-Batist Lulli

1650 va 1691-yillar orasidagi portret
Tavalludi
Jovanni Battista Lulli

1632 yil 28-noyabr
Florensiya, Toskana Buyuk Gertsogligi (hozirgi Italiya)
Vafoti 22-mart 1687
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Kingdom of France[1] va Grand Duchy of Tuscany
Kasbi
  • Bastakor
  • raqqosa
  • instrumentalist
Faoliyat yillari Frantsuz bastakori (1632–1687)
Mashhur ishlari Kompoziyalar roʻyxati
Bolalari Luis, Jan-Baptiste va Jan-Lui
Imzosi


Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tashqi havolalar

tahrir