Ma Qinghua (soddalashtirilgan xitoycha: 马青骅; anʼanaviy xitoycha: 馬青驊) (1987-yil 25-dekabrda Shanxayda tugʻilgan) — xitoylik poygachi. Hozirda Cyan Performance Lynk & Co jamoasi safida World Touring Car Cupda ishtirok etmoqda.

Ma Qinghua

Ma 2014-yilgi FIA WTCC poygasida.
Millati Xitoy xitoylik
Tugʻilgan joyi 25-dekabr 1987-yil (1987-12-25) (36 yosh)
Shanxay, Xitoy
Hozirgi jamoa Sébastien Loeb Racing
Sobiq jamoasi Techeetah, Team Aguri, Nio 333 FE Team
Gʻalabalar 2
Unvonlar 0
Pole pozitsiyasi 0

Ma Qinghua Rossiyada oʻtkazilgan 2014-yilgi FIA WTCC poygasining ikkinchi poygasida g‘olib chiqqan. U FIA jahon chempionatida g‘olib chiqqan birinchi xitoylik poygachi hisoblanadi. Bundan tashqari, u faoliyati davomida Sport avtomobillari boʼyicha jahon chempionatida, GP2da, Formula 1da va Formula E kabi musobaqalarida qatnashgan.

Faoliyati

tahrir

Qinghua Ma oʻzining professional poygadagi faoliyatini 2005-yilda Osiyo Formula Renault musobaqasida Asia Racing Team jamoasi safida boshlagan[1]. Ilk poygasida 16-oʻrinni egallagan. Mavsumning yakuniy natijasiga koʻra 5-oʻrindan joy egallagan. U shuningdek, Astromega jamoasi safida 2005-yilgi Italiya Formula 3000 chempionatining bitta poygasida qatnashgan. 2006-yilgi chempionatida ham xuddi shu jamoa safida poygalarda ishtirok etgan. U, shuningdek, Xitoy jamoasi uchun A1 Gran-prisining ilk mavsumida, bir qancha poygalarda ishtirok etgan. Jumladan, Shanxay xalqaro trassasida Xitoyning A1 Gran-prisida qatnashdi. Umumiy natijalarga koʻra 17-oʻrinni egalladi. Keyingi bir necha yil davomida u Formula 3 boʻyicha 2008-yilgi Ispaniya chempionati va 2009-yilgi Britaniya chempionati kabi Yevropa chempionatlarida qatnashdi. Keyin mavsumda Ma 2010-yilgi Superliga Formula poygasida Xitoy jamoasi safida ishtirok etdi. 2010-yilda Ordos Superliga Formula poygasida ham ishtirok etgan. 1 yil oʻtgach, Xitoyning Touring Car Chempionatida 1600c toifali poygachilar oʻrtasida gʻolib boʻldi.

Formula 1

tahrir
 
Ma Qinghua 2014-yilda boshqargan poyga mashinasi.

Ma 2012-yil 5-aprelda HRT F1 poygachilarni rivojlantirish dasturiga qo‘shilgan va FIA tomonidan ruxsat etilgan poygada Formula-1 avtomobilini boshqargan ilk xitoylik sifatida tarixda qoldi[2]. Ma, shuningdek, Italiya Gran-prisining birinchi juma mashgʻulotlarida ishtirok etgan birinchi xitoylik hisoblanadi[3][4]. Oʻsha yilning juma sessiyalarida unga qoʻshimcha imkoniyatlar berilgan[5].

Ma 2013-yilda HRT jamoasi bilan shartnoma tuzgan. Mavsum davomida ushbu jamoa tarkibida GP2 Series va Xitoy Superligasi kabi poygalarda ishtirok etdi[6].

Natijalar

tahrir

Umumiy natijalar

tahrir
Mavsum Seriya Jamoa Poyga Gʻalaba PL F/L Podium natijasi Ball Oʻrin
2005 Asian Formula Renault Challenge Shangsai FRD Team 4 0 0 0 0 35 16
Asia Racing Team 2 0 0 0 0
Italiya Formula 3000 Team Astromega 1 0 0 0 0 0 Aniq emas
2005-2006 A1 Grand Prix A1 Team China 2 0 0 0 0 6 22
2006 Formula Renault 2.0 NEC Team Astromega 6 0 0 0 0 33 26
2008 Spanish Formula 3 Championship Team West-Tec 11 0 0 0 0 0 18
Formula 3 Spain Copa de España 11 0 0 0 2 24 7
2009 British Formula 3 International Series — National Team West-Tec 2 0 0 0 0 10 10
2010 Superleague Formula Team China 2 0 0 0 0 19 26th
2011 China Touring Car Championship — 1600cc Pekin Hyundai 8 3 4 ? ? 116 1
2012 Formula 1 HRT Formula 1 Team Yordamchi haydovchi
2013 GP2 Series Caterham Racing 1 0 0 0 0 0 35
Formula 1 Caterham F1 Team Yordamchi haydovchi
2014 World Touring Car Championship Citroën Total WTCC 10 1 0 1 2 69 13
2015 World Touring Car Championship Citroën Total WTCC 24 1 0 1 6 241 4
2015-2016 Formula E Team Aguri 4 0 0 0 0 0 19
2016-2017 Formula E Techeetah 3 0 0 0 0 0 25
2017 World Touring Car Championship Sébastien Loeb Racing 2 0 0 1 0 0 21
TCR China Touring Car Championship TeamWork Motorsport 1 0 0 1 1 36 15
TCR Asia Series 2 0 0 0 0 0 Aniq emas
2017-18 Formula E Nio Formula E Team 2 0 0 0 0 0 23
2018 World Touring Car Cup Boutsen Ginion Racing 8 0 0 0 0 7 30
World Rallycross Championship STARD 1 0 0 0 0 0 37
2019 World Touring Car Cup Team Mulsanne 30 1 0 1 4 133 16
2019-2020 Formula E Nio 333 FE Team 5 0 0 0 0 0 28
2020 TCR China Touring Car Championship Shell Teamwork Lynk & Co Motorsport 12 4 1 6 8 154 1
2021 TCR Asia Series Shell Teamwork Lynk & Co Motorsport 12 4 3 1 9 239 2
TCR China Touring Car Championship 2 0 0 0 0 0 NC†
2022 World Touring Car Cup Cyan Performance Lynk & Co 8 0 0 0 1 97 12

Formula E

tahrir
Yil Jamoa Shassi Mashgʻulot avtomobil 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 Oʻrin Ball
2015-16 Team Aguri Spark SRT01-e SRT01-e BEI PUT PDE BUE MEX LBH PAR
Ret
BER
14
LDN
11
LDN
12
19 0
2016-17 Techeetah Spark SRT01-e Renault Z. E. 16 HKG
Ret
MRK
15
BUE
16
MEX MCO PAR BER BER NYC NYC MTL MTL 25 0
2017-18 Nio Formula E Team Spark SRT01-e NextEV Nio Sport 003 HKG HKG MRK SCL MEX PDE RME PAR
17
BER ZUR NYC NYC
13
23 0
2019-20 Nio 333 FE Team Spark SRT05e Nio FE-005 DIR
20
DIR
19
SCL
16
MEX
Ret
MRK
23
BER BER BER BER BER BER 28 0

FIA World Rallycross Championship

tahrir
Yil Jamoa Avtomobil 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 WRX Ball
2018 Team STARD Ford Fiesta BAR POR BEL GBR
23
NOR SWE CAN FRA LAT USA GER RSA 36 0

Manbalar

tahrir
  1. „RACE 2 – MA WRITES MOTORSPORT HISTORY“. World Touring Car Championship. Kigema Sport Organisation (2014-yil 8-iyun). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-iyun.
  2. „HRT signs Chinese driver to development programme“. ESPNF1 Staff. Qaraldi: 2012-yil 5-aprel.
  3. Mallett, Tom. „Who is Ma Qing Hua and why does he matter?“. Autosport.com. Haymarket Publications (2012-yil 13-iyul). Qaraldi: 2012-yil 13-iyul.
  4. Mallett, Tom. „Bottas tops timesheets for Williams on opening morning of young driver test at Silverstone“. Autosport.com. Haymarket Publications (2012-yil 12-iyul). Qaraldi: 2012-yil 13-iyul.
  5. Collantine, Keith. „Ma Qing Hua to drive for HRT in Monza practice“. F1 Fanatic. Keith Collantine (2012-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 5-sentyabr.
  6. „@MyCaterhamGP2 — 1 March“. Twitter. Twitter, Inc. (2013-yil 1-mart). Qaraldi: 2013-yil 1-mart.

Havolalar

tahrir