Madame Bovary (/ˈbvəri/;[1] dastlab Madame Bovary: Provincial Manners (fransuzcha: Madame Bovary: Mœurs de province nomi ostida chop etilgan) — fransuz yozuvchisi Gustave Flaubert qalamiga mansub 1856-yilda chop etilgan roman.

Madame Bovary: Provincial Manners
Asl nomi Madame Bovary: Mœurs de province
Muallif(lar) Gustave Flaubert
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Til fransuzcha
Nashr etilgan sanasi 1856
Nashriyot Revue de Paris & Michel Lévy Frères (2 jild)
ISBN ISBN 0-00-000000-0

Bu roman ilk marotaba 1856-yil 1-oktabrdan 15-dekabrgacha boʻlgan muddatda Revue de Parisda chop etilganida, davlat prokurorlari romanni behayolikda ayblashdi. 1857-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan sud jarayoni bu voqeani sharmandali tarzda yakunladi. 1857-yil 7-fevralda Flaubertning oqlanishidan soʻng, Madame Bovary 1857-yil aprel oyida ikki jildda chop etildi hamda shu vaqtdan buyon bestseller asarga aylandi. Adabiy realizmning asosli asari hisoblangan roman, endilikda Flaubertning durdonasi va tarixdagi eng nufuzli adabiy asarlardan biri sanaladi. Ingliz tanqidchisi James Wood, shunday yozadi: „Yaxshi yoki yomon boʻlsin, Flaubert aksariyat oʻquvchilar zamonaviy realistik hikoyalar deb biladigan narsalarni yaratdi va uning taʼsiri juda ahamiyatli boʻlgan“.[2]

Manbalar

tahrir
  1. „Madame Bovary“. Dictionary.com Unabridged. Random House.
  2. Wood, James. How Fiction Works.New York: Picador. 2008. 39.

Havolalar

tahrir