Madrasai Oliy (Qarshi)
Madrasai Oliy (Oliy madrasa) — Qarshida saqlanib qolmagan 2 qavatli madrasa. 1802—1803-yillarda oʻzbek hukmdori Amir Haydar donatorligida Buxoro amirligi Qarshi shahrining qadim qoʻrgʻoni ichkarisida bunyod etilgan.
Madrasa | |
Madrasai Oliy
(Oliy madrasa) Madrasai Oliy | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qashqadaryo viloyati |
Shahar | Qarshi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Amir Haydar |
Homiylar | Amir Haydar |
Asosiy sana: | |
Maqomi | saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 21 |
Tarixi
tahrir1802—1803-yillarda Amir Haydar Qarshi shahrining qadim qoʻrgʻoni ichkarisida joylashgan Katta Jomeʼ masjidining (Masjidi Kalonning) orqa tarafdan roʻparasida 2 qavatli va 21 hujradan iborat boʻlgan madrasa barpo ettirgan[1].
Muftiylar aʼlami dars oʻtgan Madrasai Oliyga Qarshi viloyatidagi bir qancha yerlar vaqf qilib berilgan. Madrasa boy vaqf mulkiga ega boʻlgan. Oliy madrasaning vaqfnomasi va madrasa faoliyatiga doir koʻplab hujjatlar saqlanib qolgan[1].
Madrasa masjid, darsxona, kutubxona hamda 2 qavatdan iborat 21 ta hujradan tashkil topgan. Uning darvozaxonasi tepasida chiroyli gumbaz va uning ikki tarafida ixcham guldasta minoralari boʻlgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Jumanazar 2007, s. 137—139.
Adabiyotlar
tahrir- Jumanazar A. K.. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204-bet. ISBN 978-9943-06-029-6.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |