Mahdiylar (1159 - 1173) — Yamanda hukmronlik qilgan sulola. Poytaxti - Zabid (Yaman). Mahdiylar davlati Najohiylar davlati oʻrnida tashkil topgan.

Tarixi

tahrir

Sulola asoschisi — Tihomada davatchilik qilgan Ali ibn Mahdiy Ruayniy Ximyoriy (1137-1159). 1150-yili uning tarafdorlari kuchsizlanib qolgan najohiylarning mulklarini egallay boshlashdi, natijada deyarli butun mamlakat qoʻlga kiritildi. Ali ibn Mahdiyning vo­rislari Mahdiylar davlati hududini muntazam kengaytirib borishdi hamda oʻz davlatlariga Tihomadan Janad va Taiz shaharlarigacha boʻlgan Gʻarbiy Yamanni qoʻshib olishdi. Janubga yurish chogʻida zurayyiylar va hamdoniylar bilan toʻqnashishdi. Oradan koʻp oʻtmay Yamanga Salohiddin Ayyubiyning ukasi Shamsiddin Turonshoh boshliq Misr qoʻshini kirdi va 1174-yili Zabidni oldi[1].

Hukmdorlar roʻyxati

tahrir
Mahdiylar davlati hukmdorlari
T/r Hukmdorlar Hukmronlik yillari
1 Ali ibn Mahdiy 1137-1159
2 Maxdiy ibn Ali va Abdunnabiy ibn Ali 1159-1163
3 Abdunnabiy ibn Ali 1159-1163
==

Yana qarang

tahrir

Yaman
Najohiylar
Ayyubiylar

Manbalar

tahrir
  1. Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolari.Toshkent: Akademnashr, 2013. 208-209-betlar