Najohiylar (1022-1158) — Yamanda hukmronlik qilgan sulola. Poytaxti — Zabid. Pul birligi — dinor. Din — Sunniy Islom.

Tarixi

tahrir

Habashistonlik (Efiopiyalik) ozod qilingan qul-gʻulomlardan kelib chiqqan. Su­lola asoschisi — habashlarning jazal qabilasidan boʻlgan Muayyad Nosiriddin Najoh (1022-1060). Ziyodiylar tanazzulga uchra­gan paytda, Zabidda mustahkam oʻrnashib oldi. Hudud talashib Sulayhiylar bilan urush olib borgan.1060-yili Ali ibn Muhammad Sulayhiy Najohni oʻldirib, Zabidni egalladi va Najohning 4 oʻgʻlini quvib yubordi. Ulardan ikkitasi Dahlakda vafot etadi. 1060-1081-yillarda Zabidni Sulayhiylar egallab turishgan. 1081-yili Said ibn Najoh Zabidni egalladi. Lekin 1083-1086-yillarda Sulayhiylar Zabidni qaytadan istilo qilishdi. Fatik II ibn Mansur (1124-1137) davriga kelib Yamanda Mahdiylar harakati bosh koʻtardi. Taxminan 1150-yili ular najohiylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishdi. Zabid aholisi Zaydiylardan yordam soʻraydi. 1158-yili Fatik III Zaydiylar tomonidan taxtdan agʻdarilib, qatl etilgan va Najohiylar sulolasi tugadi. Zabid shahrini 1159-yili Mahdiylar egallab olishdi[1].

Hukmdorlar roʻyxati

tahrir
Najohiy hukmdorlar
T/r Hukmdorlar Hukmronlik yillari
1 Muayyad Nosiriddin Najoh 1022-1060

1060-1081-yillarda Zabidni Sulayhiylar egallab turishgan.

2 Said ibn Najoh 1081-1083

1083-1086-yillarda Sulayhiylar Zabidni qaytadan istilo qilishdi.

3 Said ibn Najoh 1086-1089
4 Jayyosh ibn Najoh 1089-1107
5 Fatik I ibn Jayyosh 1107-1109
6 Mansur ibn Fatik I 1109-1124
7 Fatik II ibn Mansur 1124-1137
8 Fatik III ibn Muhammad 1137-1158

Yana qarang

tahrir

Yaman
Zaydiylar
Sulayhiylar

Manbalar

tahrir
  1. Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolari.Toshkent: Akademnashr, 2013. 205-206-betlar