Mahdiylik — zamona oxir boʻlganda imom Mahdiy yerga qaytib keladi va adolatli tuzum oʻrnatishi haqidagi diniy taʼlimot. Bu taʼlimot dastlab shialar oʻrtasida kelib chiqqan, keyinchalik sunniylar orasida ham qisman tarqalgan. Islom mamlakatlarida mahdiylik gʻoyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan. Masalan, Eronda bobiylar qoʻzgʻolonining boshligʻi Ali Muhammad (qarang Bob) va 1881-yilda Sudanda dehqonlar va koʻchmanchilarning isyoniga rahbarlik qilgan Muhammad ibn Ahmad (1848-1885) va boshqalar oʻzlarini al-Mahdiy deb eʼlon qilgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Islom ensiklopediyasi. Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida: . Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 — 313-bet. ISBN 5-89890-078-0.