Mahdiy
Imom Mahdiy yoki Mahdiy (arabcha: ٱلْمَهْدِيّ — Alloh tomonidan toʻgʻri yoʻlga yetaklanuvchi) — islomdagi shialik oqimida zamona oxir boʻlganda yerga qaytib kelib adolat oʻrnatadi, deb tasavvur etiladigan paygʻambar avlodlaridan boʻlgan imom. Shialikda Mahdiyga eʼtiqod qilish katta oʻrin egallagan[1][2].
Tarixi
tahrirMahdiyning qiyomat oldigan chiqishi haqida musulmon olimlari oʻrtasida koʻp bahs-munozaralar boʻlib oʻtgan. Ozchilik olimlar, jumladan, Ibn Xaldun Mahdiy haqidagi hadislarni zaif deb hisoblagan. Mahdiy haqidagi hadislarni Imom Abu Dovud, Tеrmiziy, Ibn Moja, Tabaroniy, Bazzoz, imom Ahmad ibn Hanbal va al-Hokim kabi roviylar rivoyat qilishgan. Mahdiy Muhammad paygʻambarning avlodi, Ali va Fotimaning oʻgʻli Hasanning naslidan boʻlishi taʼkidlanadi. Shialar Mahdiyning „Mahdiy muntazar“ yaʼni intizor bo‘lib turilgan Mahdiy deb atashadi[3].
Chiqishi
tahrirBir xalifa vafotidan keyin musulmonlar orasida ixtilof kelib chiqadi. Bir kishi Madina shahridandan Makkaga qochib chiqadi. Uning oldiga Makkaliklar kelib, u xohlamasa ham uni chiqarib, Rukn va Maqom orasida unga bayʼat qilishadi. Mana shu kishi Imom Mahdiy boʻladi. Bundan soʻng unga qarshi Shomda qoʻshin yuboriladi, lekin ularni Makka va Madina shaharlari orasida yer yutadi. Bu voqeani koʻrib Shom va Iroqning avliyolari unga bayʼat qilishadi. Keyin qurayshdan Banu Kalbdan boʻlgan togʻasi chiqadi. Mahdiy unga qoʻshin yuboradi va gʻalaba qozonadi. Soʻng Mahdiy molni taqsimlaydi. Keyinchalik Mahdiy insonlar orasida Muhammad paygʻambarning sunnatiga amal qiladi. Islom yer yuzida qaror topadi. Zulm va jabrga toʻlgan yer yuzini adolat va insofga toʻldiradi. Uning davrida mol-u mukl koʻpayib ketadi. Mahdiy 7 yil xalifa boʻladi va vafot etadi. Musulmonlar uning janozasini oʻqishadi[3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻzME (M harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ davlat ilmiy nashriyoati.
- ↑ Islom ensiklopediyasi. Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida: . Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 — 313-bet. ISBN 5-89890-078-0.
- ↑ 3,0 3,1 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. „Aqiyda darslari (225-dars) Imom Mahdiy roziyallohu anhu haqida“. Islom.uz (2023-yil 25-aprel). 2023-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.
Havolalar
tahrir