Mahdiyxon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniy
Mahdiyxon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniy (XVIII asr, Astrobod — 1759 va 1768-yillar orasi) — tilshunos olim.
Mahdiyxon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniy | |
---|---|
Tavalludi |
XVIII asr |
Vafoti | 1759 va 1768-yillar orasida[2] |
Ijod qilgan tillari | Fors tili |
Fuqaroligi | Eron |
Astrobodda tugʻilgan. Eron shohi Nodirshohning (1736-1747) shaxsiy kotibi boʻlgan. Mahdiyxonning ilmiy merosi tarix, insho, filologiya va fizikaga oid. „Tarixi Nodiriy“ va „Durrai Nodiriy“ kabi tarixiy asarlari Yevropa tillariga tarjima qilingan. Mahdiyxonning fizikaga oid „Kitobi javohir attabiiya“ („Tabiat javohirlari kitobi“) asari 1888-yilda Haydarobodda nashr qilingan. Mahdiyxon sharqshunoslikka oid „Sangloh“ („Maboni ullugʻot“) kitobida Alisher Navoiy asarlari misolida oʻzbek tili grammatikasini fonetik va morfologik jihatdan tahlil qilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Bosworth et al. 1985, s. 1240.
- ↑ Perry 1987, ss. 844–845.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
tahrir- The Encyclopaedia of Islam (Vol. 5, fasc. 97–98). BRILL, 1985.
- Perry, J.R. (1987). "ASTARĀBĀDĪ, MAHDĪ KHAN". Encyclopaedia Iranica, Vol. II, Fasc. 8. 844–845 b. http://www.iranicaonline.org/articles/astarabadi-mirza-mohammad-mahdi-khan-b.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |