Mahfuzul Haq
Mahfūẓ al-Haqq ibn ʿAziz al-Haqq ibn Irshod ʿAli ad-Dakaviy (arabcha: محفوظ الحق بن عزيز الحق بن إرشاد علي الداكوي 1969-yil noyabrda tugʻilgan[1]), yoki oddiygina Mahfuzul Haq (bengalcha: মাহফুজুল হক), Bangladeshlik Deobandiy islom olimi, siyosatchi, pedagog va notiq. U Hefazat-e-Islom Bangladesh sobiq vitse-prezidenti, Befaqul Madarisil Arabiya bosh kotibi, Jamia Rahmoniya Arabiya kansleri va mintaqaviy Qavmiy taʼlim kengashi prezidenti hisoblanadi. U, shuningdek, Al-Hayatul Ulya doimiy qoʻmitasining aʼzosi va Bangladesh Xelafat Majlisining bosh kotibi boʻlgan.
Mahfuzul Haq | |
---|---|
মাহফুজুল হক | |
Bosh kotib, Bangladesh Xilafat majlisi | |
Mansab davri 2013 – 2020 | |
Vorisi | Mamunul Haq |
maslahatchi, Jamiya Rahmoniya Arabiya | |
Mansab davri 2002-yil | |
Oʻtmishdoshi | Azizul Haq |
Yoshlik yillari va oilasi
tahrirMahfuzul Haq 1969-yil noyabrda Dakkaning Azimpur shahrida tugʻilgan. U Munshiganjning Louxajang shahridagi Bhirich Xon qishlogʻidan boʻlgan Bengal musulmon qodis oilasiga mansub[2]. Uning otasi Azizul Haq Xelafat majlisining asoschisi va Sahihi Buxoriyning birinchi bengalcha tarjimoni edi. Mamunul Haq uning ukasi, Bangladeshdagi nufuzli islomiy notiq va siyosatchi[3][4][5][6][7].
Taʼlimi
tahrirBoshlangʻich taʼlimni otasi Azizul Haqdan olgan. Keyin Azimpur Chan-Tara Hefz madrasasiga qabul qilingan. Abdulmatin qoʻl ostidaligida 11 yoshida Qur’onni yod olgan[3].
Keyin u Jamiya Quraniya Arabiya Lalbagʻga qabul qilingan. 1984-yilda 14 yoshida Hofizzi Huzur boshchiligidagi Ershodga qarshi harakatga qoʻshilgan va hibsga olingan[3].
1986-yilda Bara Katara madrasasiga oʻqishga qabul qilinadi. Keyinchalik u otasi Azizul Haq tomonidan asos solingan Jamiya Muhammadpurga koʻchib oʻtadi. U Jamiya Rahmoniya Arabiya nomidagi Sat Gambuj masjidiga oʻtgan. U 1991-yilda Jamiya Rahmoniyada Hadis boʻyicha magistrlik darajasini tamomlagan. 1992-yilda Dorul Ulum Deobandga borib, ikkinchi marta Hadis fanlari boʻyicha magistraturada tahsil olgan[3].
Faoliyati
tahrirOʻz taʼlimni tamomlagach, mehnat faoliyatini 1993-yilda Dakka shahridagi Jamiya Rahmoniya Arabiyada oʻqituvchi sifatida boshlagan, u yerda „Islom huquqi va tadqiqotlari“ kafedrasida tahsil olgan va tasdiqlangan sertifikat bilan muftiy boʻlgan[3].
2000-yilda Azizul Haq „Jamiya haqiqati“ nomli madrasa ochadi va unga mudir etib tayinlanadi. 2001-yilda u Jamiya Rahmoniya direktorining yordamchisi, 2002-yilda esa kansler lavozimiga koʻtarildi[3]. 2005-yilda Befaqul Madarisil Arabiyaning qoʻshma bosh kotibi etib saylangan va 2020-yil 3-oktabrda bosh kotib etib tayinlangan[8].
Jamiya Rahmoniyaning oʻqituvchisi etib tayinlanganidan keyin u Xelafat majlisi siyosatiga aralashadi. 2005-yilda ushbu partiyadan „Majolis-e-Shoʻro“ga aʼzo etib saylangan. 2012-yilda vitse-prezident, 2013-yilda esa bosh kotib etib tayinlangan. Befaq bosh kotibi etib saylanganidan soʻng, konstitutsiyaga koʻra, 2020-yil 10-oktabrda Xelafat bosh kotibligidan isteʼfoga chiqqan[7].
Bangladesh qonuni unga Al-Hayatul Ulya Lil-Jamiyatil Qavmiya Bangladesh doimiy qoʻmitasi aʼzosi boʻlish huquqini bergan[9].
Oilasi
tahrirU toʻrt farzandning otasi boʻlib, oilasining barcha aʼzolari hofizlardir[3].
Manbalar
tahrir- ↑ al-Kumillai, Muhammad Hifzur Rahman „شيخنا وسندنا المحدث الكبير الفقيه الضليع العلامة البارع، المعروف بشيخ الحديث عزيز الحق بن الحاج الشيخ إرشاد علي الداكوي“, . كتاب البدور المضية في تراجم الحنفية (ar). Cairo, Egypt: Dar al-Salih, 2018.
- ↑ Haque, Mamunul (2019), শায়খুল হাদীস আজিজুল হক রাহ. এর বর্ণাঢ্য জীবন (Bengali)
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Anaetullah. „Short biography of Mufti Mahfuzul Haque“ (bn). Daily Jubokantho (2020). 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Qawmi Madrassah Education Board gets new chairman“. New Age (2020-yil 3-oktyabr).
- ↑ „President of Qaumi Madrasa Board Mahmudul Hasan, Secretary General Mahfuzul Haque“ (bn). Prothom Alo (2020-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ A Khan, Nazmul. „All bets are off on Hefazat“ (en). The Daily Star (2020-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
- ↑ 7,0 7,1 „Mahfuz resigned as secretary general of the Bangladesh Khilafah Majlis and Mamun took over“ (bn). Bangla Tribune (2020-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ Staff Reporter. „Befaq secretary general Mahfuzul Haque on condition of leaving the party post“ (bn). Bangla Tribune (2020-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ „law of granting the equivalent of Master's Degree (Islamic Studies and Arabic) to the certificate of Daora Hadith (Takmil) of Qawmi Madrasa, 2018.“. bdlaws.minlaw.gov.bd. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.