ʿAzīz al-Ḥaqq ibn Irshād ʿAlī ad-Dākavī (arabcha: عزيز الحق بن إرشاد علي الداكوي;[3]), qisqacha Azizul Haq (bengalcha: আজিজুল হক) yoki sifatlanishi Shayx al-Hadis[4] (1919 – 2012) Bangladeshlik islom ulamosi, siyosatchi, yozuvchi, tarjimon va Islomiy maʼruzachi. Ulamo Xilofit majlisi tashkilotchisi va Sahihi Buxoriyning bengal tilidagi birinchi tarjimoni hisoblanadi. Shuningdek, Jamiyati Rahmoniya Arabiya Dakaning vitse-kansleri boʻlgan.

Azizul Haq
আজিজুল হক
Unvoni Shayx al-Hadis[1]
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1919[2]
Vafoti 8-avgust 2012-yil(2012-08-08)
(93 yoshda)
Dini Islom
Millati Bangladesh
Farzandlari Mamunul Haq
Mahfuzul Haq
Fuqarolik  Britaniya Hindistoni (1919–1947)
 Pokiston (1947–1971)
 Bangladesh (1971–2012)
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanafiy
Oqim Deobandi
Asosiy qiziqish(lar)i
Mashhur ish(lar)i
Kasbi Muhaddis
Qarindoshlar Nurul Haq Miah (kuyov)

Yoshlik davri va taʼlim

tahrir

Azizul Haq 1919-yilda Bengaliyaning Bxirich Xon qishlogʻida (hozirgi Bangladeshdagi Munshiganj tumanida joylashgan) Bengal musulmon qozi oilasida tugʻilgan. Otasining ismi Hoji Ershod Ali[3]. Haq 4-5 yoshligida onasi vafot etgan. Onasining vafotidan keyin Qalma qishlogʻi yashovchisi boʻlgan onasi tomonidan buvisi qoʻlida katta boʻlib, boshlangʻich taʼlimni qishloqdagi masjidda boshlagan[5].

7 yoshida Haq Brahmanbariyada biznesi boʻlgan otasining oldiga koʻchib oʻtdi. Haq Jamia Islamia Yunusiyaga oʻqishga kirdi va u yerda otasi bilan yaqin aloqada boʻlgan Shamsul Haq Faridpuri, Hofizi Huzur va Shoh Abdul Vahhob qoʻl ostida toʻrt yil tahsil oldi. Otasi Haqni Faridpuri qaramogʻiga topshirdi[6]. 1931-yilda Faridpuriy maslahati bilan Dakkadagi Bara Katara shahrida yangi tashkil etilgan Ashraful Ulum madrasasiga borib, madrasada oʻn ikki yil tahsil olgan. 1940—1941-yillarda Haq Zafar Ahmad Usmoniy qoʻli ostida „Tafsir al-Baydaviy“, „Jomi’ at-Termiziy“, „Sahih al-Buxoriy“ kabi kitoblarni oʻrgangan[7].

1943-yilda islom ilmini oʻrganish uchun Shimoliy Hindistonga safar qildi. U Gujarotdagi Surat yaqinida joylashgan Dabhel shahridagi Jamiya Islomiya Talimuddinda faoliyat boshlagan. U yerda Shabbir Ahmad Usmoniy qoʻl ostida tahsil olgan. Nihoyat tafsir ilmini oʻrganish uchun Saharanpurdagi Dorul Ulum Deobandga borib, u yerda Muhammad Idris Kandxlaviydan taʼlim olgan. Haq bengal, urdu va arab tillarini yaxshi bilgan[7].

Kasbiy faoliyati

tahrir

Haq oʻz faoliyatini 1946-yilda Dakkaning Bara Katara shahridagi Ashraful Ulum madrasasida oʻqituvchi sifatida boshlagan. Mazkur joydagi ish faoliyati 1952-yilgacha davom etgan. Keyin 1985-yilgacha Lalbogʻ Tanadagi Jamiya Quroniya Arabiyada Sahihi Buxoriy va boshqa islomiy matnlardan dars bergan[7].

1978-yilda Bangladesh Qavmi madrasasi taʼlim kengashini tashkil etishda muhim rol oʻynadi va uning bosh kotibi boʻldi[8]. 1979-yilda Dakka universitetining islomshunoslik kafedrasida faxriy professor sifatida „Sahih al-Buxoriy“dan uch yil dars berdi[9].

1986-yilda Haq Dakkaning Muhammadpur shahri yaqinida Jamiya Muhammadiya Arabiya nomli madrasa tashkil qildi[10]. 1988-yilda u Muhammadpurdagi Saat masjidi yaqinidagi yer uchastkasini sotib oldi. U yerga koʻchirilgan Jamiya Muhammadiya Arabiya nomini Jamiya Rahmoniya Arabiya Dakka deb oʻzgartirdi. Uzoq vaqt davomida ushbu muassasada bosh Shayxul Hadis boʻlgan. Shuningdek, Dakka shahridagi Jamiya Shariyya Malibagning direktori boʻlib ishlagan[manba kerak].

Siyosiy faoliyati

tahrir

Haq Islomiy Oikya Jote va Bangladesh Xilofot majlisining amiri sifatida xizmat qilgan[1][11]. 1992-yilda Bangladesh Milliy matbuot klubida Harkat-ul-Jihod al-Islomi Bangladeshning ochilish marosimida ishtirok etgan[12].

1992-yilda Hindistonning Ayodxiya shahridagi Babri masjidining buzilishi natijasida Azizul Haq Xilofot majlisidan 1993-yil 2-yanvarda Dakkadan Ayodxiyaga yurish qilib, masjidni qayta tiklashni talab qildi. Ular Xulna yaqinidagi chegaragacha yetib kelishdi. Bangladesh hukumati chegaralarni toʻsib, yurishni bostirdi. Oʻsha yili Azizul Haq Majlis nomidan Hindiston bosh vaziri Narasimha Rao Hindistonga qaytmasligini eʼlon qildi va milliy aeroportni qamal qilishni buyurdi. U mazkur ishi sababli 1993-yil 9-aprelda hibsga olinib, 1993-yil 8-mayda ozod qilingan[13].

Shuningdek, Al-Arafah Islami Bank Limitedning Shariat kengashi raisi lavozimida ham ishlagan[manba kerak].

Bayonotlari

tahrir

2009-yilda Azizul Haq va boshqa bengallik musulmon olimlari Islom nomidan sodir etilgan terrorizm va jangarilikni qoralab, Bosh vazir Sheikh Hasinaga bayonot yozishdi[14].

Asarlari

tahrir
  • Sahihi Buxoriyning Bengal tiliga tarjimasi va izohlari.
  • Talabalik davrida „Sahihi Buxoriy“ning urducha izohini yozgan. 1800 sahifadan iborat bu katta kitob Pokistonda Fazl al-Bori Sharh-i-Buxoriy nomi bilan nashr etilgan.
  • Masnaviy maʼnaviyning bengal tiliga tarjimasi.
  • Capitalism, Socialism and Islam
  • Refutation of Kadianism
  • Masnun Duani oʻz ichiga olgan Munajat-e-Maqbul (tarjima)
  • Struggle in the way of Truth (maʼruzalar toʻplami)

Vafoti va merosi

tahrir

Azizul Haq 2012-yil 8-avgust kuni Dakkaning Azimpur shahridagi uyida 94 yoshida vafot etdi. Uning xotini, sakkiz qizi va besh oʻgʻli qoldi[1]. Oʻgʻli Mamunul Haq Hefazat-e-Islom Bangladesh tashkiloti rahbari[15]. Sheikh Hasina hayrat bilan Haqning Bangladesh jamiyatiga qoʻshgan hissasini taʼkidladi[11]. Prezident Zillur Rahmon va muxolifat yetakchisi Begum Xolida Ziyo hamdardlik bildirdi[16].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Shaikhul Hadith Azizul Haque passes away“. UNB (2012-yil 9-avgust). 2015-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-aprel.
  2. „bn:প্রতিষ্ঠাতা পরিচিতি“ (bn). Jamia Rahmania Arabia Dhaka. Qaraldi: 2011-yil 12-noyabr.
  3. 3,0 3,1 al-Kumillai, Muhammad Hifzur Rahman „شيخنا وسندنا المحدث الكبير الفقيه الضليع العلامة البارع، المعروف بشيخ الحديث عزيز الحق بن الحاج الشيخ إرشاد علي الداكوي“, . كتاب البدور المضية في تراجم الحنفية (ar). Cairo, Egypt: Dar al-Salih, 2018. 
  4. „IOJ Shaikhul Hadith group splits“. bdnews24.com. Qaraldi: 2020-yil 25-iyul.
  5. Haque, Mamunul (2019), শায়খুল হাদীস আজিজুল হক রাহ. এর বর্ণাঢ্য জীবন (Bengali)
  6. „শায়খুল হাদিস আল্লামা আজীজুল হক আর নেই“ (bn). Daily Manab Zamin (2012-yil 9-avgust). 2021-yil yanvarda asl nusxadan [ arxivlangan].[sayt ishlamaydi]
  7. 7,0 7,1 7,2 Mawlana Nur Muhammad Azmi „2.2 বঙ্গে এলমে হাদীছ“, . {{{title}}} (bn). Emdadia Library — 26-bet. 
  8. Ahmad, Mumtaz; Nelson, Matthew J. „Islamic Education in Bangladesh and Pakistan - Trends in Tertiary Institutions“. The National Bureau of Asian Research (2009-yil aprel). 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-oktyabr.
  9. „Ebrahim Community College, A Guide“. Ebrahim Community College. 2009-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-may.
  10. „Bengali Part – Absolute Submission to the Almighty“. Fahadmahdi.webs.com. 2012-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-noyabr.
  11. 11,0 11,1 „Ex Ameer of Khelafat Majlish Azizul Haque passes away“. BSS (2012-yil 9-avgust). Qaraldi: 2015-yil 17-aprel.
  12. „Ferocious HujiB now on the wane“. Dhaka Tribune (2016-yil 21-avgust). Qaraldi: 2020-yil 27-may.
  13. „খেলাফত মজলিস“ (bn). Onushilon.
  14. „Kawmi madrasa leaders to help govt fight militancy“. UNB (2009-yil 19-aprel). Qaraldi: 2011-yil 12-noyabr.
  15. „Govt tightens the noose on Hefajat“ (en). The Daily Star (2021-yil 19-aprel). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
  16. „Azizul Haque passes away“. UNB (2012-yil 9-avgust). Qaraldi: 2015-yil 17-aprel.

Havolalar

tahrir