Majid Zokiriy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Majid Zokiriy (1897-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik jamoat hodimi.
Majid Zokiriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1897-yil Samarqand shahri |
Vafoti | 1937-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Hayoti va mehnat faoliyati
tahrirMajid Zokiriy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tugʻilgan. Eski usuldagi maktab va rus-tuzem maktablarida tahsil olgan. Quyi maʼlumot egasi. Ota-onasidan ayrilgach, maʼlum muddat akasi Abdusattorxon qaramogʻida boʻladi[1].
1918—1934-yillarda firqa aʼzosi boʻladi. Majid Zokiriy xat-savodlik boʻlganligi sababidan hukumat tomonidan turli vazifalarga qoʻyilib, faoliyat yuritishiga imkon yaratib beriladi. U 1919-yilda harbiy hizmatda boʻladi va shu yilning oʻzida Bulungʻur tumani sholi tayyorlash shirkati raisi etib tayinlanadi. 1922-yildan Samarqand viloyat bosmachilikka qarshi kurash Favqulodda uchlik tashkilotida hodim sifatida faoliyat olib boradi. 1920—1922-yillar oraligʻida esa maorif institutida mudir boʻlib ishlaydi.
1922—1923-yillar mobaynida Samarqand „Nashri maorif“ va „Koʻmak“ uyushmalariga rahbarlik qilgan. 1924-yilda Samarqand viloyat xalq maorif boʻlimida maslahatchi sifatida ish faoliyatini yuritadi. 1926-yilda qishloq xoʻjalik soligʻi bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklarni hisobga olish shirkati vakili vazifasida ishlaydi.
Ayblov
tahrir1928-yilda JK.140-moddasiga muvofiq sudga tortilgan, ammo shubha va gumonlar oʻz tasdigʻini topmaganligi uchun darhol ozod qilingan. 1931-yilda Andijon, Fargʻona, Namangan va Margʻilon boʻyicha MTSlar uchun mudirlar, mudir oʻrinbosarlarini tanlash boʻyicha Oʻzbekiston firqa qoʻmitasi vakili boʻlib ishlaydi. 1932-yilda Samarqandda firqa tozalash ishlari va kadrlar masalasiga jalb etilgan. 1934-yilda „18“lar guruhi aʼzosi sifatida firqadan oʻchirilgan. Qamoqqa olingan davrgacha, 1935—1937-yillarda Urgut shahar yoʻl qurilish boʻlimi boshligʻi boʻlgan[2].
Oʻlimi
tahrir1937-yil 19-iyulda aksil inqilobiy harakat va „oʻn sakkizlar guruhi“ aʼzosi sifatida qamoqqa olingan va NKVD Uchligi tomonidan 1937-yil 17-dekabrda oliy jazoga hukm qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Zokiriy Majid“. api.ziyonet.uz. Qaraldi: 10-may 2024-yil.
- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.