Malik Babayev
Boboyev Malik Qurbonaliyevich – oʻzbekistonlik davlat va jamoat arbobi, sport funksioneri. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sobiq prezidenti[1].
Malik Boboyev | |
---|---|
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti | |
Oʻtmishdoshi | Rustambek Qurbonov |
Vorisi | Mirabror Usmonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-iyun 1962-yil Toshkent |
Fuqaroligi |
![]() |
Biografiyasi
tahrir1962-yil 30-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1984-yili Toshkent universiteti (hozirgi O'zMU)ning sharqshunoslik fakultetini tugatgan.
1984—1987 – Sovet Ittifoqi Iroqdagi elchixonasining iqtisod boʻyicha maslahatchisi apparatida referent-tarjimon.
1987—1991 – Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati katta referenti.
1991—1997 – „Intersport“ sport firmasining bosh direktori.
1993—1994 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi.
1995—1999 – „Arms“ firmasi direktori.
1999—2009 – Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Olimpiya birdamligi dasturi boʻyicha milliy kurslari direktori.
1999—2003 – Osiyo Olimpiya Kengashining axborot va statistika qoʻmitasining doimiy aʼzosi.
2000—2004 – Osiyo Olimpiya Kengashi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi.
2001—2009 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi.
2009—2013 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti[2].
2013—2017 – Oʻzbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti.
Manbalar
tahrir- ↑ Бабаев Малик Курбаналиевич, 2012-11-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-10
- ↑ Генеральная ассамблея НОК, 2014-07-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-30