Malika Qayumova
Malika Qayumova (1-fevral 1954-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR – 13-iyun 2024-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston) – aktrisa[1]. „Oʻzbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni sohibasi (2011-yil).
Malika Qayumova | |
---|---|
Tavalludi |
1-fevral 1954-yil |
Vafoti |
13-iyun 2024-yil Toshkent viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktrisa |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirMalika Qayumova 1954-yil 1-fevralda Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1976-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan. Institutni tamomlagach, oʻzbek drama teatrida oʻz faoliyatini boshlagan[2]. 1993-yildan Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat koʻrsatib kelgan. 2011-yili „Oʻzbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Malika Qayumova 2024-yil 13-iyun kuni 70 yoshida vafot etgan[3][4].
Rollari
tahrirMalika Qayumova oʻzining ijodiy faoliyati davrida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ziyod spektakllarda bosh rollarni hamda xarakterli obrazlarni gavdalantirgan. „Taqdir“da amma, „Devona“da ona, „Alpomish“da Kuntugʻmish, „Fotima va Zuhra“da ona, „Pari qishloq“da ona, „Xonuma“da Tekle, „Oʻlding, aziz boʻlding“da ona, „Toshkentning nozanin malikasi“da Xayri, „Oy onam-qaynonam“da Qumri, „Superqaynona-2“da Hojar, „Qizi borning-nozi bor“da quda singari obrazlarni yaratgan.
Mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni (2011-yil)[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „МАЛИКА КАЮМОВА“ (kino-teatr.ru). 2024-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyul.
- ↑ „Aktrisa Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi“ (qalampir.uz). 2024-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
- ↑ „Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Малика Қаюмова вафот этди“ (gazeta.uz). 2024-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyul.
- ↑ „Oʻzbekiston xalq artisti Malika Qayumova vafot etdi.“ (kun.uz). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистон халқ артисти Малика Қаюмова 70 ёшида вафот этди“ (daryo.uz). 2024-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.