Valiyev Mansur Masgutovich (1950-yil 6-dekabr, Nukus Oʻzbekiston SSR – sovet va rus harbiy rahbari. 2003—2005-yillarda – Rossiya FSB chegara xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻlgan[1].

Mansur Valiyev
Tavalludi 6-dekabr 1950-yil (1950-12-06) (73 yosh)
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi Harbiy rahbar

Oilasi va taʼlimi

tahrir

Soibiq ofitser oilasida tugʻilgan. Millati tatar. Oʻn yillik maktabni tugatgach, SSSR Vazirlar Soveti huzuridagi KGBning Moskva oliy qoʻmondonlik chegara bilim yurtiga oʻqishga kirgan. 1972-yilda oʻqishni tamomlab, Oʻrta Osiyo chegara okrugiga xizmatga joʻnatilgan.

Faoliyati

tahrir

1972-yilda Kerkinsk chegara otryadining David Yaroshevskiy nomidagi otryadi boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan. 1972-yildan 1977-yilgacha M. V. Valiyev tomonidan qoʻlga olingan chegara noqonuniy kesib oʻtuvchilarga qarshi bir necha bor kurashgan. 1977-yilda uning posti eng yaxshi deb topilgan shu tariqa Valiyev M. V. Frunze harbiy akademiyasiga kirish uchun test sinovlaridan oʻtish huquqini qoʻlga kiritgan.

Akademiyani tugatgach, O‘rta Osiyoga, Termiz chegara otryadiga Ayvaj uchastkasi komendanti lavozimiga yuborilgan. Valiyev joylashgan joyda odamlarning chegarani kesib oʻtishiga imkon beradigan ikkita – Hayraton va Ayvadj nazorat punktlari boʻlgan. Kapitan Valiyev mas’ul boʻlgan hududda birorta ham hujumga yoʻl qoʻyilmagan. Ushbu vazifalarni bajargani uchun hudud komendanti Valiyev „Shon-sharaf belgisi“ ordeni bilan taqdirlangan.

1981-yilda otryad boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan va Afgʻoniston Demokratik Respublikasidan jangovar topshiriqlarni bajarish uchun joʻnatilgan harbiy xizmatchilar tayyorlanayotgan oʻquv markaziga rahbarlikka yuborilgan.

1984-yilda Afgʻonistonning Mozori Sharif shahrida joylashgan 1-dala operativ guruhi boshligʻi etib tayinlangan.

1985-yilda Serax chegara otryadi shtab boshligʻi etib tayinlangan.

Afgʻonistondan qoʻshinlar olib chiqilgunga qadar Valiyev Qizil Bayroqli Moskva chegara otryadining boshligʻi (1987) boʻlgan va muddatidan oldin polkovnik harbiy unvoniga sazovor boʻlgan (1989).

1991-yilda polkovnik Valiyev Trans-Baykal chegara okrugi shtab boshligʻi etib tayinlangan va bu lavozimda 1994-yilgacha faoliyat yurtigan[2].

1995-yilda general-mayor Valiyev Rossiya Federal chegara xizmatining Turkmanistondagi tezkor guruhi boshligʻi sifatida Markaziy Osiyoga, Ashxobodga yuborilgan. Rossiya va Turkmaniston chegarachilarining birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan Afgʻonistondan narkotik moddalarni olib oʻtish yoʻllarini toʻsib qoʻygan va ishonchli chegara xavfsizligi tizimini yoʻlga qoʻygan.

1998-yilda general-leytenant Valiyev Trans-Baykal chegara okrugi qoʻmondoni etib tayinlanganligi sababli Chitaga koʻchib oʻtgan. Chegara sohasidagi xizmatlari uchun u shaxsiy qurol bilan taqdirlangan va „Rossiya Federatsiyasining xizmat ko'rsatgan chegara qo'riqchisi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2002-yilda u Uzoq Sharq mintaqaviy chegara boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan[3]. 2003-yilda Federal Chegara xizmatini xavfsizlik idoralari tizimiga integratsiya qilish jarayoni jadal davom etgan, general-polkovnik Valiyev Rossiya FSB Chegara xizmati rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan. Valiyev bu lavozimda uch yil davomida xizmat qilgan. 2005-yil kuzida xizmat safaridan kelgach, u kasalxonaga yotqizilgan, shundan soʻng uning rasmiy faoliyatini davom ettirishning iloji boʻlmagan. 2005-yildan beri nafaqada.

Manbalar

tahrir