Mansurbek Qilichev

Mansurbek Qilichev

Mansurbek Baxtiyorovich Qilichev — oʻzbek diplomati. 2021-yildan Oʻzbekistonning Misrdagi elchisi[1].

Mansurbek Baxtiyorovich Qilichev
 Oʻzbеkistоnning Misrdagi elchisi
 
Mansab davri
2021-yil 8-oktabrdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Oybek Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-noyabr 1979-yil (1979-11-28) (45 yosh)
Xorazm

Biografiyasi

tahrir

Taʼlim

tahrir

2000-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakulteti bakalavriatini, 2002-yilda shu institut Xalqaro munosabatlar magistraturasini tugatgan.

Mehnat faoliyati

tahrir

2002-2005 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi referenti, 2-kotibi, 3-kotibi.

2005-2007 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

2008-2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti aspiranti.

2010-2011 — O‘zbekiston xorijdagi vatandoshlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati bo‘lim bosh mutaxassisi.

2012-2013-yillarda — O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasi 1-kotibi.

2013-2019-yillarda — O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsuli.

2019-2020-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot tahliliy markazi direktori o‘rinbosari — yig‘ma tahliliy bo‘lim boshlig‘i.

2020-2021-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021-yil 8-oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.

2022-yil 31-mart kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi[2].

Ingliz va arab tillarini biladi.

Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Manbalar

tahrir