Manzanillo (Kuba)
Manzanillo Kubaning Granma mintaqasida joylashgan munisipalitet va shahardir . Aholi soni bo'yicha u Kubaning 14-yirik shahri va eng ko'p aholi istiqomat qiladigan shahar hisoblanadi.
Manzanillo | |
---|---|
20°20′23″N 77°6′31″W / 20.33972°N 77.10861°W | |
Mamlakat | Kuba |
Vaqt mintaqasi | UTC-5 |
|
Geografiyasi
tahrirManzanillo munisipaliteti Guakanayabo ko'rfazi va Kauto daryosi deltasining yaqinida joylashgan.Bu hudud Kubaning sharqiy qismidagi Granma viloyatining port shahri hisoblanadi. Dengiz tomonidan Cayo Perla mercan riflari bilan cheklangan.
Munitsipalitet Primero, Segundo, Tersero, Kuarto, Quinto y Sexto (Manzanillo shahrining bir qismi) dan tashkil topgan bo'lib, shuningdek, Blanquizal, Kalisito, Kanabakoa, Kano, Seiba Karidad, Kongo, Jibakoa qishloq jamoalariga ham bo'lingan. [1]
Tarixi
tahrirManzanillo 1784-yilda tashkil etilgan.[2][3] Aholi punkti 1792-yilda fransuzlar tomonidan buzib tashlangan va bir yildan so'ng uni himoya qilish maqsadida qal'a barpo etilgan.[3]1833-yilda u ayuntamiento (kengash) oldi va 1837-yilda Ispaniya Konstitutsiyasini e'lon qilishda Santyago yo'l-yo'rig'iga ergashmagani uchun "sodiqligi" uchun Fiel unvonini oldi.[3] 1827-yilda port milliy va xorijiy savdo uchun ochilgan.[3] Bu Ispaniya-Amerika urushi paytida uchta jangning markazi hisoblangan.
Iqtisodiyoti
tahrirManzanilloning iqtisodi qishloq xoʻjaligiga asoslanadi.U yerda asosan,qahva,shakarqamish,[3]guruch,meva va tamaki[3]ekinlari, shuningdek, asal va chorva mahsulotlari yetishtiriladi.
Mahalliy sanoatda esa arra tegirmonlari, baliq konservalari, shinni zavodlari, shuningdek, ba'zi sigaret va charm buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlari asosiy rol o'ynaydi.[2]
Demografiyasi
tahrir2004-yilgi ma'lumotlarga ko'ra Manzanillo munitsipalitetida 130 789 kishi istiqomat qilgan.[4] Uning umumiy maydoni 498 km2 (192 kv mi)ni ,[5]aholi zichligi esa 262.6/km2 (680/sq mi)ni tashkil etadi.
Madaniyati
tahrirManzanillo,shuningdek,Granma universitetining tibbiyot fanlari fakultetining markazidirdir.
Transport sohasi
tahrirShaharni Circuito Sur de Oriente (CSO) davlat miqyosidagi avtomagistral va Las Tunasga boradigan 17-magistral kesib o'tadi.Temir yo'l stantsiyasi esa Bayamodan keladigan yo'nalishning g'arbiy qismida bo'lib, unda mintaqaviy va shaharlararo reyslarlar xizmat ko'rsatadi, ikkinchisi shaharni Santyago-de-Kuba, Guantanamo, Kamaguey, Ciego-de-Avila, Santa Klara va Gavana kabi shaharlar bilan bog'laydi.
Mashhur shaxslar
tahrir- Bartolome Maso (1830-1907), harbiy va vatanparvar
- Xoakin Ferrer,rassom;
- Rosa Porto (1930-2019),novvoy,Los-Anjelesdagi ishbilarmon ayol;
- Karlos Puebla (1917-1989),qo'shiqchi,gitarachi va bastakor.
Yana qarang
tahrir- Sierra Maestra aeroporti
- Kuba munitsipalitetlari
- Kuba shaharlari ro'yxati
Manbalar
tahrir- ↑ Guije.com. „Manzanillo“ (es). Qaraldi: 2007-yil 6-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Encarta. „Manzanillo Info.“. GreatestCities.com (2001). Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "GreatestCitiesEncarta" defined multiple times with different content - ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Manzanillo (Cuba)" Encyclopædia Britannica 17 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 626 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "EB1911" defined multiple times with different content - ↑ Atenas.cu. „2004 Population trends, by Province and Municipality“ (es) (2004). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-oktyabr.
- ↑ Statoids. „Municipios of Cuba“ (2003-yil iyul). Qaraldi: 2007-yil 6-oktyabr.