Maqsud Uzoqovich Isoqov (1971-yil, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri) – geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi (1999), katta ilmiy xodim (2006), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (2017)[1].

Maqsud Uzoqovich Isoqov
Isoqov Maqsud Uzoqovich
Geologiya fanlari universiteti rektori
Mansab davri
2022-yil 29-aprel – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bobir Islomov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-yanvar 1971-yil (1971-01-28) (54 yosh)
Farg'ona viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ilmiy unvoni Geologiya-mineralogiya fanlari doktori
Maʼlumoti Toshkent davlat texnika universiteti
Vebsayti https:uzgeouniver.uz

Tarjimai holi

tahrir

Maqsud Isoqov 1971-yil 28-yanvarda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan.

1993-yilda Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv fakultetining "Razvedka" mutaxassisligini tamomlagan. 1999-yilda Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻldi. 2005-yilda Katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan. 2017-yilda Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va geologiya va mineralogiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 2004 yilda AQShning yetakchi kon sanoati kompaniyalarida amaliy stajirovka oʻtagan. Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Germaniya va Rossiyaning yetakchi ilmiy markazlari, texnologik kompaniyalari va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etgan.

Maqsud Isoqov rahbarligida nodir metallar va kamyob yer elementlarining noan'anaviy konlarini qidirish va mineral xomashyoni qayta ishlashning innovatsion usullari ishlab chiqilgan va sanoatga joriy qilingan. Uning rahbarligida konseptual jihatdan yangi avlod raqamlashtirilgan geologiya, geodinamika va metallogeniya mazmunidagi zamonaviy xaritalar yaratilgan. Faoliyati davomida 10 ga yaqin ilmiy loyihalarga rahbarlik qilgan. 4 ta patent, 60 dan ortiq ilmiy ishlar, (maqolalar, o'quv qo'llanmalar va boshq.), monografiyalar, hamda zaxiralarni hisoblash boʻyicha ilmiy va ishlab chiqarish hisobotlari muallifi. Shunigdek fan doktori va magistrlar yetishtirib chiqargan.

Mehnat faoliyati

tahrir

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Maqsud Isoqov Geologiya fanlari universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi“. uzreport.news (2022-yil 30-aprel). Qaraldi: 19-mart 2024-yil.
  2. „Maqsud Isoqov Geologiya fanlari universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi“. uzreport.news (2022-yil 30-aprel). Qaraldi: 19-mart 2024-yil.

Havolalar

tahrir