Maragʻa rasadxonasi
Maragʻa rasadxonasi — Eronning Maragʻa shahri yonidagi tepalikka qurilgan rasadxona; 13-asrning 2-yarmida eronlik mashhur astronom Nasriddin at-Tusiy rahbarligida dengiz sat-xidan 1600 m balandlikda bunyod etilgan. Maragʻa rasadxonasida 10 dan ortiq yirik astro-nomik uskunalar boʻlib, eng kattasi meridian tekisligida joylashgan radiusi 18,4 m ga teng kvadrant. Devoriy kvadrantning radiusi esa 3,2 m. Bulardan boshqa armillyar sfera, azimutal asbob va boshqa boʻlgan. Rasadxonada turli mamlakatlardan 100 dan ortiq olimlar kelib ishlagan. Rasadxona qoshidagi yirik kutubxonada bir necha yuz ming qoʻlyozma asarlar mavjud boʻlgan.[1] So'nggi yillarda ushbu saytning tarixiy ahamiyatiga qiziqish ortdi. Rasadxona qoldiqlarini himoya qilish uchun gumbaz shaklidagi qopqoq qurilgan. Yaqin atrofdagi Tabriz universiteti 70-yillarning oxiridan beri Marog' shahrini boshqarish va himoya qilish uchun mas'ul bo'lib kelgan. Marageh munitsipaliteti bilan hamkorlikda saytni saqlab qolish uchun yangi taʼmirlash loyihalari amalga oshirilmoqda [2] [3]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Restoration work begins on Maragheh observatory“ (2022-yil avgust).
- ↑ „رصد خانه مراغه را کی ساخت“ (2023-yil sentyabr).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |